Yalpi majlisda “Özbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solişdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplaş tartibini takomillaştirişga qaratilgan qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonuni ma’qullandi.
Qonunga köra, qiynoqqa solişdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam körsatilişi hamda ularga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinişini ta’minlaş, bunda qiynoqdan jabrlangan şaxslarga yetkazilgan jismoniy va ruhiy zarar, moddiy zarar yoki boy berilgan foyda, yuridik yordam, dori vositalari va tibbiy xizmat, psixologik va ijtimoiy xizmatlar uçun qilingan xarajatlar tölab berilişi közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, bu qonun loyihasi 2021 yilda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan edi. Öşanda Fuqarolik kodeksining tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organlar, suriştiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uçun javobgarlikni belgilovçi 991-moddasiga qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş natijasida yetkazilgan zarar uçun javobgarlik kiritilişi, 1021-moddasi ikkinçi qismiga, ya’ni ma’naviy zarar uni yetkazuvçining aybidan qat’i nazar qoplanişi lozim bölgan holatlarga qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş jinoyati natijasida yetkazilgan zararni ham kiritiş taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.
2021 yilning iyunida qabul qilingan “Qiynoqqa soliş holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorida harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarga joylaştirilgan şaxslarning yagona elektron reyestri yuritilişi, harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar tomonidan qiynoqlar böyiça advokatga yoki yaqin qarindoşiga telefon orqali murojaat qiliş amaliyoti takomillaştirilişi, qiynoqqa solişdan jabrlangan şaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qiliş tartibi işlab çiqilişi belgilangandi.
Boş prokuratura tomonidan işlab çiqilgan hujjatda qiynoq bilan boğliq jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 64-moddasiga asosan javobgarlikka tortiş muddatining ötib ketganligi munosabati bilan jinoyat uçun javobgarlikdan ozod qiliş hamda 73-moddasiga asosan jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş kabi normalarning qöllanmasligi, şuningdek, qiynoq uçun JK 235-moddasi ikkinçi qismining sanksiyasida ozodlikdan mahrum qiliş jazosini 7 yildan 10 yilgaça, uçinçi qismining sanksiyasida 10 yildan 15 yilgaça uzaytiriş











