“Qiynoqqa soliş holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra:
- harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarga joylaştirilgan şaxslarning yagona elektron reyestri yuritiladi;
- harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar tomonidan qiynoqlar böyiça advokatga yoki yaqin qarindoşiga telefon orqali murojaat qiliş amaliyoti takomillaştiriladi;
- qiynoqqa solişdan jabrlangan şaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qiliş tartibi işlab çiqiladi;
2021 yil 1 oktyabrdan tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv, dastlabki tergovni amalga oşiruvçi organlar va jazoni ijro etiş muassasalari xodimlari uçun qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş böyiça öquv kurslari taşkil etiladi.
Jinoyat kodeksida qiynoqqa soliş uçun javobgarlik belgilovçi normalarni BMTning “Qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaşga qarşi Konvensiyasi” (Nyu-York, 1984 yil 10 dekabr) talablariga muvofiqlaştiriş maqsadida qonun hujjatlariga tegişli özgartiş va qöşimçalarni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqiladi.











