Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada deyarli barcha koronavirus cheklovlari bekor qilinadi
Ekspertlarning fikricha, "omikron" tarqalishi mamlakatdagi kasalxonalarga ortiqcha bosim yuklamaydi.
Germaniya bundestagi aholini yuqumli kasalliklardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritilishini ma’qulladi.
Tuzatishlar mamlakatda joriy etilgan koronavirus cheklovlarini yumshatishga qaratilgan.
Endilikda "bazaviy himoya" deb ataluvchi qoida amal qiladi. Unga ko‘ra, jamoat transporti, shifoxona, qariyalar uylari, qochqinlarni joylashtirish markazlarida tibbiy niqob taqiladi.
Bundan tashqari, qariyalar uylari, maktablar va bog‘chalarda majburiy test olinishi ko‘zda tutilgan.
O‘zgartirishlar muxolifatning tanqidiga uchradi. Bunga virus bilan kasallanish sur’atining tezlashgani sabab bo‘ldi. Robert Koh nomidagi institutning ma’lumotlariga ko‘ra, 18 mart kuni Germaniyada 297 ming 845 ta kasallanish holati aniqlangan.
Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, "omikron" tarqalishi mamlakatdagi kasalxonalarga ortiqcha bosim yuklamaydi.
Mavzuga oid
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026