Özbekistonda sönggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş davlat dasturlari doirasida ajratilgan muammoli kreditlar soliq tölovçilar hisobidan qoplanişi mumkin.
Gazeta.uz'ning xabar berişiça, 9 mart kuni boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov raisligida hokim yordamçilari faoliyatini taşkil etiş böyiça respublika komissiyasining yiğilişi bölib ötgan. Yiğilişning 3-sonli bayonnomasiga asosan, Markaziy bankka 2017−2021 yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari uçun ajratilgan, lekin haligaça qaytarilmayotgan muammoli kreditlarni hokimliklar mahalliy budjetlarining oşirib bajarilgan qismi hisobiga qoplaş masalasida Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritiş yuklatilgan.
Qayd etilişiça, muammoli kreditlarning yuqori uluşi Namangan, Andijon, Jizzax va Samarqand viloyatlari hissasiga töğri keladi. Mazkur viloyat hokimlari birinçi örinbosarlarining (tegişli ravişda Tolib Yusupov, Otabek Tursunov, Abduvali Mustanov va Jamşid Öroqov) kredit mablağlarini undiriş borasidagi işlari qoniqarsiz deb topilgan. Ular bu masala yuzasidan komissiyaning navbatdagi yiğilişiga hisobot tayyorlaşlari kerak böladi. Bayonnomada muammoli kreditlarning aniq miqdori körsatilmagan.
Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 2022 yilning 1 fevral holatida banklarning kredit portfelidagi tadbirkorlikni rivojlantirişga yönaltirilgan kreditlar qoldiği 11 trln sömdan ortiqni taşkil qilgan. Uşbu körsatkiç 2021 yilning 1 fevral holatida 8,76 trln söm bölgan: 1 yil davomida ösiş sur’ati – 26,3 foiz.
Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyevning Hisob palatasiga tayanib yozişiça, 2021 yilda prezident qarori (PQ-5041, uşbu qaror doirasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga oid 6ta dasturga 2021 yilda qariyb 9 trln söm mablağ berilişi közda tutilgan) asosida ajratilgan kreditlardan 2,8 trln sömi muammoli kreditga aylangan.
Ma’lumot uçun, tijorat banklarining kredit portfelidagi muammoli kreditlar uluşi oxirgi 1 yilda 2 barobarga oşgan. 2021 yilning 1 fevral holatida












