Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuzdan ortiq savdo kemalari Ukraina hududiy suvlarini tark eta olmayapti
Ma’lumot berilishicha, Mariupol va Azov dengizidagi kemalarda mingga yaqin dengizchi qolib ketgan. Ko‘plab kemalarda oziq-ovqat, yonilg‘i, ichimlik suvi va boshqa zarur zaxiralar tugamoqda.
Foto: Bloomberg
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Xalqaro dengiz tashkiloti (XDT) rahbarlari Ukraina portlari va hududiy suvlarida qolib ketgan dengizchilar va kemalarni himoya qilish uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.
XMT bosh direktori Gay Rayder va XDT bosh kotibi Kitak Lim BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va «Chegarasiz shifokorlar» tashkiloti rahbarlariga maktub yo‘lladi.
Ular maktubda Ukraina portlari va hududiy suvlarini tark eta olmayotgan yuzdan ortiq savdo kemalarining dengizchilari og‘ir ahvolda qolganini bildirgan.
XDTning ma’lumot berishicha, xususan, Mariupol va Azov dengizidagi kemalarda mingga yaqin dengizchi qolib ketgan.
«Ko‘plab kemalarda oziq-ovqat, yonilg‘i, ichimlik suvi va boshqa zarur zaxiralar tugamoqda. Yuzaga kelgan xavfli vaziyat ko‘plab mamlakatlar dengizchilarining salomatligiga tahdid soladi», deyiladi maktubda.
Hozirda Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro dengizchilik palatasi va Xalqaro transportchilar federatsiyasi mavjud vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumot to‘plamoqda.
Mavzuga oid
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
11:41 / 14.02.2026
Mers, Starmer va Ryutte Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi
10:47 / 14.02.2026
Tramp: Zelenskiy “harakat qilishni boshlamasa”, tinchlik imkoniyatini boy beradi
09:22 / 14.02.2026