Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Isroil prezidenti bilan Al-Aqso masjidi atrofidagi voqealarni muhokama qildi
Qayd etilishicha, muloqot davomida Erdo‘g‘an provokatsiyalarga va Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasi maqomiga nisbatan tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini bildirdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an isroillik hamkasbi Itsxak Gersog bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarlari Falastinda yahudiy radikal guruhlari va Isroil xavfsizlik kuchlari provokatsiyasi oqibatida yuz bergan so‘nggi voqealarni muhokama qildi.
“Muloqot davomida prezident Erdo‘g‘an provokatsiyalarga va Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasi maqomiga nisbatan tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini bildirdi”, deyiladi xabarda.
O‘tgan hafta oxirida Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasi atrofida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar chog‘ida 170 nafardan ortiq kishi yaralangan, ularning aksari falastinliklardir.
Wafa agentligining xabar berishicha, Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqotida Isroilning falastinliklarga qarshi siyosati "xavfli oqibatlar"ga olib kelishi haqida ogohlantirgan.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
14:15 / 18.06.2026