
Har yili tayyor kiyimlarni tikiş böyiça köproq global kompaniya va brendlar «MADE IN UZBEKISTAN» belgisi ostidagi mahsulotlarni afzal körmoqda. Özbekiston kompaniyalari eksport sur’atlarini faol oşirmoqda. Masalan, 2021 yilda 1250 ta korxona eksport faoliyatini amalga oşirib, 3 milliard AQŞ dollaridan ortiq mahsulot eksport qilindi. Mamlakat 2021 yilda GSP+ imtiyozli dasturining benefitsiari maqomini qölga kiritib, şuningdek, töqimaçilik mahsulotlarini Buyuk Britaniya va boşqa Yevropa bozorlariga eksport qiliş böyiça qator imtiyozlarga ega bölgan holda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport hajmini faol oşira boşladi. Cotton Campaign yaqinda Özbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olişga boykotni bekor qildi va mamlakat tekstilçilari bundan ijobiy özgarişlarni kutişmoqda.
Özbekiston tekstilçilari va tikuvçilarining barça kuçli tomonlarini namoyiş etiş imkonini beruvçi boş va eng kutilgan körgazma tadbiri 2022 yilning 27-29 aprel kunlari Toşkentda bölib ötadi.
Töqimaçilik va moda sanoatining navbatdagi «UzTextile Expo Bahor 22» xalqaro körgazmasi Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan yuzma-yuz uçraşiş va hamkorlikning keyingi istiqbollarini muhokama qilişga yordam beradi.
Taşrif uçun saytda onlayn röyxatdan öting https://bit.ly/Textile_Kun
Körgazma Özbekiston töqimaçilik va tikuvçilik-trikotaj sanoatining ilğor işlanmalari va texnologiyalarini, kiyim-keçak va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişdagi dolzarb tendensiyalarni namoyiş etuvçi yutuqlarining eng muhim soha namoyişi hisoblanadi. Xalqaro darajadagi tadbir yana bir bor töqimaçilik sanoatining Markaziy Osiyo va jahon yetakçilarining texnologik zanjiri – kalava ipdan tayyor kiyim-keçak va aksessuarlargaça bölgan yutuqlari va yangiliklari bilan taniştiradi.
Özbek paxtasidan tayyorlangan mahsulotlar keng assortimentda namoyiş etiladi: kalava ip, matolar, trikotaj matolar, notöqima gazlamalar, gilam qoplamalari, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi, uy töqimaçilik mahsulotlari va köplab boşqalar. Körgazmada Özbekistonning 90 ta işlab çiqaruvçilari – flagmanlar va paxta-töqimaçilik klasterlaridan tortib, eng talabçan xaridorlarning ehtiyojlarini töliq qondiriş uçun kiçik biznes sub’yektlarigaça iştirok etadi.
Körgazmada Turkiya va Belarus Respublikasi işlab çiqaruvçilarining Milliy pavilonlari, Hindiston, Tojikiston va boşqa mamlakatlarning jamoaviy stendlari iştirok etişi rejalaştirilgan.
Körgazmada jami 9 davlatdan (Belarus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Xitoy, Tojikiston, Turkiya va Özbekiston) 120 dan ortiq kompaniya va brendlar iştirok etadi.
«UzTextile Expo» körgazmasi 2006 yilda «Textile Expo Uzbekistan» savdo belgisi ostida taşkil etilganidan buyon köp yillar davomida köplab mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan uçraşiş va sohaning sönggi yangiliklari bilan tanişiş uçun asosiy maskan bölib kelmoqda. Tadbir sohadagi yetakçi idora – «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.
Tadbir taşkilotçisi: Iteca Exhibitions xalqaro körgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Group.
UzTextile Expo Bahor 22 barça Iteca Exhibitions tadbirlari kabi Özbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik me’yorlari va qoidalari talablariga qat’iy rioya qilgan holda ötkaziladi.
Qöşimça ma’lumot uçun murojaat qiling: 71 205 14 14, www.textileexpo.uz
Reklama huquqi asosida






