Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan «Içon qal’a» davlat muzey-qöriqxonasida örganiş işlari olib borilgan. Unda bir qator kamçilik va muammolar aniqlangan.
Xususan, ayrim aşyolarning tavsiflariga özgartiriş kiritilgani yuzasidan asoslovçi hujjatlar yöqligi ma’lum bölgan.
Şuningdek, noyob aşyolar röyxatiga kiritilgan eksponatlar xatlovdan ötkazilgan. Uning natijasiga köra, 101 ta muzey aşyolari kirim kitobi tavsifnomalariga ölçami, materiali, işlaniş uslubi va yaratilgan davri böyiça mos kelmasligi aniqlangan.
Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi tomonidan örganiş yakunlari böyiça tegişli hujjatlar huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.








