Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada chegara hududida yana qurbon bor: Kursk oblastiga zarba oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Kursk oblastining Ukraina bilan chegara yaqinidagi Tetkino posyolkasi o‘qqa tutilishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda region gubernatori Roman Starovoyt xabar qildi. O‘tgan haftada Belorod oblastidagi Soloxi qishlog‘ida ham Ukraina tomonidan yo‘llangan zarbalar ikki kishi o‘limiga sabab bo‘lgandi.
Region rahbari ma’lumotiga ko‘ra, hudud erta tongda o‘qqa tutilgan, mahalliy spirt zavodiga bir necha zarba kelib tushgan. Natijada korxonaga xomashyo keltirgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘lgan.
«Raqib bu obektga bir necha bor zarba berdi. Yaralanganlar ham bor. Ularga birinchi yordam ko‘rsatildi. Hozir posyolkada yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Bir necha uy shikastlangan. Portlamay qolgan snaryadlar ham borligi haqida xabar qilishmoqda», - deya yozgan Starovoyt o‘z telegram-kanalida.
Ukraina tomoni Tetkino o‘qqa tutilgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot bermagan.
Bu Starovoyt Tetkino va chegaradagi boshqa aholi punktlari Ukraina tomonidan o‘qqa tutilishi haqida ilk bor xabar berishi emas.
Qolaversa, bu Rossiya tinch aholisi orasidagi navbatdagi qurbondir - o‘tgan haftada Belorod oblastining Soloxi qishlog‘ida zarbalar oqibatida ikki kishi qurbon bo‘lgandi. Ukrainada urush boshlanganidan buyon chegara hududlari rahbarlari ko‘p marta turli qishloqlar o‘qqa tutilgani haqida xabarlar berishgan.
Tetkino Ukrainaning Sumi oblasti bilan chegara yaqinida joylashgan.
Bu region ma’muriyati rahbari Dmitriy Jivitskiy chorshanba kuni kechqurun Rossiya hududidan turib Ukrainaning Tetkinoga yaqin joylashgan Belopole shahri hududiga o‘ziyurar artilleriya qurilmalari va o‘qotar qurollardan zarbalar berilganini aytgandi. Jivitskiyning so‘zlariga ko‘ra, otishma «qariyb yarim soat vaqt davom etgan».
Jivitskiyning tasdiqlashicha, shu kuni kechqurun Rossiya tomonidan Sumi oblasti bilan chegaraning butun hududi bo‘ylab o‘q yog‘dirilgan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshidan buyon tinch aholi vakillari bo‘lgan 3,5 mingdan oshiq kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026