Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI parlamenti Rossiya rahbariyatini Ukrainaga hujum qilgani uchun javobgarlikka tortishga chaqirdi
Yevropa adliya masalalari agentligi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davomida sodir etilgan harbiy jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishga yordam beradi.
Yevroparlament Rossiya va uning ittifoqchilarining harbiy va siyosiy rahbariyatini Ukrainaga hujum qilgani uchun maxsus tribunal oldida javobgarlikka tortishga chaqirdi. Deputatlar bu borada tegishli rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar berdi DW.
Hujjatda Rossiyaning Ukrainaga hujumini tergov qilish uchun maxsus xalqaro sud tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Yevroparlament deputatlari harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar hamda genotsidni ta’qib qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirmoqda. Qayd etilishicha, YeI dalillar yo‘q qilinmasdan turib barcha resurslarni taqdim etishi va zudlik bilan harakat qilishi zarur.
Yevroparlament shu maqsadda Yevropa adliya masalalari agentligining mandatlarini kengaytirishga rozilik berdi. Agentlik Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davomida sodir etilgan harbiy jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishga yordam beradi.
"Rossiya Federatsiyasi 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga qarshi harbiy tajovuz boshladi. Ukrainadagi hozirgi jangovar harakatlar davomida insoniyatga qarshi va harbiy jinoyatlar sodir etilgan va etilmoqda deb hisoblash uchun yetarlicha asoslar bor", - deyiladi rezolyutsiya loyihasida.
Mavzuga oid
18:33 / 17.07.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
13:30 / 17.07.2026
Yevgeniy Xmara Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga nomzod bo‘ldi
10:42 / 17.07.2026
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40 / 17.07.2026