Jahon | 19:52 / 21.05.2022
8918
1 daqiqa o‘qiladi

Chimkentdagi dorixonada yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi 

Ma’lum qilinishicha, 21 may kuni Chimkentdagi tug‘ruqxona yonida joylashgan dorixonada portlash sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga to‘planib qolgan gaz chaqnashi sabab bo‘lgan. 

Foto: Qozog‘iston FVV

Chimkentdagi dorixonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni uch nafarga yetdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, vaziyat vazirlik nazorati ostida.

"Psixologlar guruhi faoliyati tashkil etildi. Bundan tashqari, homiladorlar va chaqaloqlarni ko‘chirish ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, 21 may kuni Chimkentdagi tug‘ruqxona yonida joylashgan dorixonada portlash sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga to‘planib qolgan gaz chaqnashi sabab bo‘lgan. 

Portlash natijasida dorixona qorovuli va bir nafar chaqaloq halok bo‘lgan, shuningdek, dorixona yonida joylashgan uyning balkoni va derazalari hamda yettita yengil avtomobilga zarar yetgan. 

Mavzuga oid