Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq parlamenti Isroil bilan munosabatlar yaxshilanishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi
Isroil bilan siyosiy, diplomatik va xavfsizlik sohasida munosabat o‘rnatganlik uchun umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi beriladi.
Iroq parlamenti «Isroil bilan munosabatlar yaxshilanishini taqiqlash» ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Hujjat parlament a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Yangi qonunga ko‘ra, Isroil bilan aloqa va hamkorlik o‘rnatish, bu mamlakat bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan harakatlar jinoyat sifatida tasniflanadi.
Isroil bilan siyosiy, diplomatik va xavfsizlik sohasida munosabat o‘rnatganlik uchun umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi beriladi.
Iroqdagi «As-Sadr» shialar harakati yetakchisi Muqtado as-Sadr o‘z tarafdorlarini ushbu qonun qabul qilinganini nishonlash uchun ko‘chaga chiqishga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026