Oçiliş marosimida AQŞning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Daniyel Rosenblum sözga çiqib, “Caterpillar” öz sanoatida jahon yetakçilaridan biri bölib, mahsulotlarining izçil yuqori sifati va işonçliligini kafolatlaşini ta’kidladi. Şu bilan birga, işlab çiqarişning oçilişi brend va özbekistonlik hamkorlar örtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning yangi bosqiçidir.

Darhaqiqat, kompaniya respublikada köp vaqtdan buyon mavjud bölib, dilerlik tarmoği orqali xaridorlarga asbob-uskunalar yetkazib bermoqda, biroq qöşma korxona taşkil etilişi endilikda ham davlat sektoriga, ham tadbirkorlik sub’yektlariga içki bozorda “Caterpillar” texnikasini xarid qiliş imkonini beradi.

“Aynan sönggi beş yil içida Özbekiston iqtisodiyoti oçiqligining ösişi va investitsiya muhitining yaxşilangani Amerika texnologiyalari va muhandislik tajribasini sanoatning turli tarmoqlariga joriy etişga xizmat qilmoqda, bu esa Özbekistonga yildan yilga öz maqsadlariga erişiş imkonini bermoqda”, – deya ta’kidladi Daniyel Rosenblum. 

Foto: Caterpillar

Texnologik jihatni eslatib ötiş alohida e’tiborga loyiqdir, çunki xorijiy investitsiyalar oqimi va iş örinlarini yaratiş bilan bir qatorda “Caterpillar” işlab çiqarişni yölga qöyiş işlab çiqarilayotgan texnikalarni mahalliylaştiriş böyiça keng kölamli va çuqur dasturni nazarda tutadi. Şu bois “Zeppelin” konserni boşqaruvi raisi Frank Janas öz nutqida bu jihatga batafsil töxtalib ötdi:

“Toşkentda yangi işlab çiqariş maydonçasi oçilişi bilan SAT texnikasini mahalliylaştiriş boşlanadi. Maşinalarni import qilişdan taşqari, mahalliy butlovçi qismlarni qöşib yiğamiz. Bu mahalliy aholi uçun qöşimça iş örinlari yaratibgina qolmay, nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uçun raqobatbardoş texnikani yaratadi”.

Foto: Caterpillar

Yangi zavod işini ekskavatorlar va frontal yuklagiçlarni yiğişdan boşlaş rejalaştirilgan bölib, rivojlanişning keyingi bosqiçlaridayoq toğ-kon va qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqariş özlaştiriladi. Şunga muvofiq, tarqatiş va xizmat körsatiş tarmoğini keng kölamli kengaytiriş rejalaştirilgan: Xizmat körsatiş markazlari soni hozirgi 5 tadan 12 taga köpaytirilib, respublikaning barça yirik hududlarini qamrab oladi.

Reklama huquqi asosida