“Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş töğrisida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga körib çiqiş uçun kiritildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xabar berdi.
Loyihada manfaatlar töqnaşuvi tuşunçasiga aniqlik kiritilmoqda. Unga köra, manfaatlar töqnaşuviga davlat taşkiloti xodimi, uning yaqin qarindoşlari va unga aloqador şaxslar şaxsiy manfaatlari bilan fuqarolar, taşkilot yoki davlat huquqlari va qonuniy manfaatlari örtasida qarama-qarşilik yuzaga kelgan va kelayotgan yoxud yuzaga kelişi mumkin bölgan vaziyat, deya ta’rif berilmoqda.
Davlat taşkiloti xodimlari manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş böyiça körilgan çoralar ustidan yuqori turuvçi davlat taşkilotiga, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga yoki sudga şikoyat qiliş huquqiga ega ekani belgilanmoqda.
Davlat taşkiloti xodimlari mavjud manfaatlar töqnaşuvida öz iş yurituvidagi hujjatlar böyiça qaror qabul qilinişidan oldin bevosita rahbariga yoki maxsus bölinmaga xabar berişi, davlat taşkiloti boşqa xodimlari böyiça öziga ma’lum bölgan manfaatlar töqnaşuvi töğrisida xabar berişi majburiy etib belgilanmoqda.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi manfaatlar töqnaşuvi oldini oliş sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda. Agentlikka quyidagi vakolatlar berilmoqda:
- davlat taşkilotlari manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş böyiça faoliyatini muvofiqlaştiriş;
- manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş böyiça davlat taşkiloti faoliyatini örganiş;
- manfaatlar töqnaşuvi holatlari töğrisidagi xabarnoma, taxmin qilinayotgan manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi deklaratsiya hamda manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi deklaratsiya namunaviy şakllarini tasdiqlaş;
- manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq har qanday holatlar aniqlanganda, bitim, buyruq va boşqa hujjatni bekor qiliş töğrisida davlat taşkilotiga taqdimnoma yoki ularni haqiqiy emas deb topiş böyiça sudga da’vo kiritiş.
Manfaatlar töqnaşuviga oid talablarni buzganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda:
- davlat organi xodimlari manfaatlar töqnaşuvi haqida xabar bermagani uçun – BHM 3 baravaridan 5 baravarigaça miqdorda jarima (takroran bölsa – BHM 5 baravaridan 10 baravarigaça);
- mansabdor şaxslar uşbu vaziyatni tartibga solmagani uçun – BHM 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima (takroran bölsa – BHM 10 baravaridan 15 baravarigaça).













