Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Kaliningradga tranzitlarni taqiqlagani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi
Qayd etilishicha, 15 martda tasdiqlangan to‘rtinchi sanksiyalar paketida YeI orqali Rossiya po‘lati va boshqa qora metallaridan tayyorlangan buyumlar tranziti taqiqlanishi ko‘zda tutilgan va bu taqiq 17 iyundan kuchga kirgan.
Litva tashqi ishlar vazirligi Kaliningrad oblastiga yuk tranzitlarini taqiqlagani to‘g‘risidagi Rossiya hukumatining iddaosini rad etdi.
"Yo‘lovchilar va sanksiyalarga tushmagan yuklarning Kaliningrad oblastiga va u yerdan Litva orqali tranzit qilinishi to‘xtalishlarsiz davom etmoqda. Litva hech qanday bir tomonlama, individual yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmadi. Litva YeI sanksiyalari bajarilishini ta’’minlamoqda", - deyiladi mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Bundan tashqari, xabar berilishicha, Litva tashqi ishlar vazirligida Rossiya vakili Sergey Ryabokon bilan uchrashuv o‘tkazilgan.
Ryabokonga YeI cheklov choralari bo‘yicha tushuntirish beruvchi diplomatik nota topshirilgan.
Qayd etilishicha, 15 martda tasdiqlangan to‘rtinchi sanksiyalar paketida YeI orqali Rossiya po‘lati va boshqa qora metallaridan tayyorlangan buyumlar tranziti taqiqlanishi ko‘zda tutilgan va bu taqiq 17 iyundan kuchga kirgan.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi go‘yoki Litva orqali Kaliningrad oblastiga va u yerdan Rossiyaga yuklar tranziti taqiqlanganini tanqid qilgandi.
20 iyun kuni Litvaning Rossiyadagi vaqtinchalik ishonchli vakili Virginiya Umbrasene Rossiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va unga protest bildirilgan.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026