Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Jumladan, Rossiyaga reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘i hamda funt sterling banknotalarini eksport qilishga taqiq kiritildi.
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda qirollik hukumati saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Britaniya hukumati Rossiyaga neftni qayta ishlash va boshqa muhim sohalar, kimyoviy va biologik qurol bilan bog‘liq mahsulot va texnologiyalar eksportini taqiqladi.
Bundan tashqari, Rossiyaga reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘i hamda funt sterling banknotalarini eksport qilishga taqiq kiritildi.
Aniqlik kiritilishicha, bu choralarning ayrimlari hozirda Ukraina nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga ham taalluqli.
Qirollik shuningdek, taqiqlangan mahsulotlar va texnologiyalar eksportiga aloqador har qanday ko‘mak va xizmatlar ko‘rsatishni ham taqiqladi.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026