Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod neft qazib olish hajmini ko‘paytirishi mumkinligini bildirdi
Hozirda qirollikda kuniga o‘n million barrel neft qazib olinadi.
Foto: AP Photo / Amr Nabil
Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kuniga uch million barrelga oshirishi mumkin. Bu haqda qirollik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Fors ko‘rfazi davlatlari va AQSh sammiti ochilishi marosimida aytdi.
"Saudiya Arabistoni neft qazib olishni sutkasiga 13 million barrelgacha yetkazishi mumkin, shundan so‘ng ishlab chiqarishni bundan ortiq ko‘paytirish imkoniyati qolmaydi", — dedi u.
Hozirda qirollikda kuniga o‘n million barrel neft qazib olinadi.
Avvalroq Muhammad bin Salmon Ar-Riyodga tashrif bilan kelgan AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Oq uy Saudiya Arabistoni neft bozoridagi muvozanatni tutib turish majburiyatini olganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
10:28 / 25.04.2026
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
21:43 / 23.04.2026