Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulnora Karimovaning advokatlari Shveytsariya sudida yutib chiqdi
Shveytsariya sudi Gulnora Karimova mansabdor shaxs bo‘lmagan, degan xulosaga keldi. Ushbu g‘alaba unga Shveytsariyada muzlatilgan 303 mln dollarlik (293 mln frank) mablag‘larini qaytarib olish imkonini berishi mumkin.
Shveytsariya apellyatsiya sudi yirik korrupsiya mojarosi ortidan qamoqqa olingan Gulnora Karimovani davlat amaldori emas, degan qarorga keldi, deya xabar bermoqda Bloomberg nashri.
Bu uning telekommunikatsiya shartnomalari evaziga “pora” olgani haqidagi da’volar isbotlanmaganligini anglatadi.
Ta’kidlanishicha, Gulnora Karimova mansabdor shaxs bo‘lmagan ekan, uning pora olish jinoyati bilan ayblanishi noqonuniy hisoblanadi. Ushbu g‘alaba Karimovaga Shveytsariyada muzlatilgan 303 mln dollarlik (293 mln frank) mablag‘larini qaytarib olish uchun huquqiy asos yaratishi mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova O‘zbekistondagi iqtisodiy jinoyatlari uchun 2015–2020 yillarda uch marta sudlangan. 2020 yil martida unga 13 yil-u 4 oy qamoq jazosi tayinlangan. Qonunchilikka muvofiq, jazo muddati 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblangan.
2020 yil mayida O‘zbekiston hukumati Fransiyadagi qiymati 10 million dollarga baholangan Karimovaga aloqador aktivlarni qaytarib olgandi. 2020 yilning iyun oyida Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard dollardan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveytsariya, AQSh, Fransiya, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom etayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
2020 sentabrda esa Shveytsariya hukumati 2012 yilda Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan hisobraqamlardagi mablag‘lardan 131 million dollarga teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishga rozilik bergandi.
2022 yil fevraliga kelibgina Shveytsariya va O‘zbekiston muzokaralarida siljish bo‘ldi: tomonlar qaytarilgan mablag‘larning O‘zbekiston xalqi farovonligi uchun ishlatilishini nazorat qilib borish maqsadida BMT shafeligida xalqaro trast fondi tuzishga kelishishgandi. O‘tgan davr mobaynida bu borada qanday ishlar olib borilganligi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilmadi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026