Bugun, 2020 yil 18 mart kuni, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Gulnora Karimova va u tomonidan taşkil etilgan jinoiy uyuşma a'zolariga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

«Ötkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvçilar, guvohlar, jabrlanuvçilar körsatmalari tinglandi, dalillar tekşirildi va sudlanuvçilar himoyaçilarining vajlari muhokama qilindi.

Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, sudlanuvçi G. Karimovani jinoiy uyuşma taşkil etiş, tovlamaçilik, özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va boşqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sud hukmi bilan G. Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunçiligi normalariga muvofiq hamda bir neça jinoyat va hukmlar majmui böyiça jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boşlab hisoblaş belgilandi.

Qolgan sudlanuvçilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning oğirlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi iştirokidan kelib çiqib, tegişli jazolar tayinlandi.

Xususan, sud hukmiga köra, N. Sodikovga 20 yil, O. Sviridovga 17 yil 3 oy, A. Ergaşevga 18 yil 1 oy, Ş. Sabirovga 17 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, G. Avakyanga 3 yil sinov muddati bilan 5 yil 3 oy 21 kun şartli ravişda ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

J. Abduraxmanov va B. Teşabayev esa javobgarlikka tortiş muddatining ötib ketganligi munosabati bilan jinoyat uçun javobgarlikdan ozod qilindilar», deyiladi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabarida.

Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangandi.

U Özbekiston Boş prokuraturasi tomonidan trillionlab söm daromadni soliqdan yaşirganlik, özgalarning trillionlab sömlik mulkini tovlamaçilik bilan tortib oliş va qariyb 2 milliard AQŞ dollarini xorijda berkitiş kabi jinoyatlarda ayblangan.

Keyinroq Gulnora Karimovaga nisbatan firibgarlik, xorijiy valutani yaşiriş, bojxona qonunçiligini buzilişi böyiça yana bir jinoiy iş qözğatilgandi.

2017 yilning 18 dekabrida 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Gulnora Karimovaga jazo 2018 yilning 1 iyulida 5 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga almaştirilgan.