Şveytsariya hukumati 2012 yilda Gulnora Karimovaga tegişli bölgan hisob-raqamlardagi mablağlardan 131 million dollarga teng aktivlarni Özbekistonga qaytarişga rozilik berdi. 

Şveytsariya hukumati bayonotida aytilişiça, Özbekiston qaytarilgan aktivlarni aholi turmuş şaroitlarini yaxşilaş, barqaror rivojlaniş loyihalariga sarflaşi kerak böladi. Bundan taşqari, uşbu mablağlar xarajati ustidan şaffof monitoring örnatilişi lozim.

Gulnora Karimovaga taalluqli yana 715 mln dollarlik mablağlar muzlatib qöyilgan. Hozirça bu mablağlar Gulnora Karimovaga nisbatan jinoiy iş ketayotgani uçun uşlab turiladi. Uşbu mablağlar ham faqat yuqoridagi kabi şartlar asosidagina Özbekistonga qaytarilişi mumkin.

  • Gulnora Karimova 2015-2020 yillarda Özbekistonda iqtisodiy jinoyatlar uçun uç marta sudlangan. 2020 yil martida unga 13 yilu 4 oy qamoq jazosi tayinlangan. Jinoyat qonunçiligi normalariga muvofiq hamda bir neça jinoyat va hukmlar majmui böyiça jazo tayinlanganini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boşlab hisoblaş belgilangan.
  • 2020 yil mayida Özbekiston hukumati Fransiyadan 10 million AQŞ dollari miqdoridagi aktivlarni qaytarib olgandi.  Boş prokuratura Şveytsariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilgan holda Gulnora Karimovaning Jyeneva şahrida joylaşgan villasida ötkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi san'at aşyolari (kartinalar, amaliy san'at va hunarmandçilik asarlari va hokazolar)ning Özbekistonga qaytarilişi böyiça işlar olib borilayotganini bildirgandi. 
  • Iyun oyida esa Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yöl bilan orttirilgan 1,3 milliard AQŞ dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytariş böyiça Şveytsariya, AQŞ, Fransiya, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikdagi işlar davom etayotgani töğrisida xabar berilgandi.