Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yöl bilan orttirilgan mulklarni Özbekistonga qaytariş böyiça olib borilgan sa'y-harakatlar natijasida joriy yilning 14 may kuni Fransiyadan 10 million AQŞ dollari miqdoridagi aktivlar Özbekistonga qaytarildi.
Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida aytilişiça, mazkur mablağlar Özbekiston davlat budjetiga ötkazib berildi va umumiy tartibda işlatiladi.
Qayd etilişiça, mulklarni qaytariş böyiça barça muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada Özbekiston qonunçiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.
Xususan, Adliya vazirligi va Boş prokuratura tomonidan Özbekistonning vakolatli idoralari iştirokida Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yöl bilan orttirilgan 1,3 mlrd AQŞ dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytariş böyiça Şveytsariya, AQŞ, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va boşqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda.
«Mazkur mulklar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olinganligi munosabati bilan, ular Gulnora Karimova (uning oila a'zolari)ning tasarrufida emas. Şu bois, muqaddam ayrim OAVlarda xabar berilganidek, Özbekistonga mulklar va mablağlar bevosita G. Karimova yoxud boşqa alohida şaxslar tomonidan qaytarilişi mumkinligi haqidagi mulohazalar haqiqatga töğri kelmasligi yana bir bor ta'kidlanadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Adliya vazirligi aktivlarni qaytarişda Gulnora Karimovaning umuman örni yöq ekanini mart oyida ham ma'lum qilgandi.
Bundan taşqari, Boş prokuratura Şveytsariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilingan holda Gulnora Karimovaning Jyeneva şahrida joylaşgan villasida ötkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi san'at aşyolari (kartinalar, amaliy san'at va hunarmandçilik asarlari va hokazolar)ning Özbekistonga qaytarilişi böyiça işlar olib borilayotganini bildirgan.
Gulnora Karimova va u tomonidan taşkil etilgan jinoiy uyuşma a'zolariga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni 2020 yil 18 mart kuni nihoyasiga yetgan bölib, u 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Qolgan sudlanuvçilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning oğirlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi iştirokidan kelib çiqib, tegişli jazolar












