Iyulda O‘zbekistonning elektr energiyasi iste’moli Qirg‘izistondan 6,7 barobarga ko‘p bo‘ldi
Iyul oyida O‘zbekistonning elektr energiyasi iste’moli Qirg‘izistondan 6,7 barobarga ko‘proq bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” xabar qilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni Qirg‘izistonda elektr energiyasi iste’molining eng yuqori tarixiy darajasi 27 iyul kuni kuzatilib, 35 million 353 ming kVt/soatga yetgan.
O‘zbekistonda esa 22 iyul kuni eng yuqori iste’mol qayd etilib, 237 million kVt/soatni tashkil qilgan.
Taqqoslaydigan bo‘lsa, iyul oyida O‘zbekistonning elektr energiyasi iste’moli Qirg‘izistondan qariyb 6,7 barobarga ko‘pni tashkil qilgan.
O‘zbekiston bo‘yicha o‘tgan yoz mavsumida havo harorati eng yuqori sutkasida 224 million kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilingan bo‘lsa, joriy yil 22 iyul kuni eng yuqori iste’mol qayd etilib, 237 million kilovatt-soat yoki 6 foizga ko‘pni tashkil qildi.
Toshkent shahrida iste’mol tarixiy ko‘rsatkichga yetib, odatda kuz-qish mavsumida yuqori bo‘ladigan iste’moldan ortdi. O‘tgan 2021/2022 yillar kuz-qish mavsumida Toshkent shahrida eng yuqori iste’mol 24 million kilovatt-soatni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil 22 iyul sanasi bu ko‘rsatkich 27,5 million kilovatt-soat yoki 15 foizga ko‘pni tashkil etdi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024