Respublika böyiça ötgan yoz mavsumida havo haroratining eng yuqori sutkasida 224 million kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilingan bölsa, joriy yil 22 iyul kuni eng yuqori iste’mol qayd etilib, 237 million kilovatt-soat yoki 6 foizga köpni taşkil qildi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahrida iste’mol tarixiy körsatkiçga yetib, odatda kuz-qiş mavsumida yuqori böladigan iste’moldan ortdi. Ötgan 2021/2022 yillar kuz-qiş mavsumida Toşkent şahrida eng yuqori iste’mol 24 million kilovatt-soatni taşkil qilgan bölsa, joriy yil 22 iyul sanasi bu körsatkiç 27,5 million kilovatt-soat yoki 15 foizga köpni taşkil etdi.

“Iste’molning bunday oşişiga, albatta, yangi binolar qurilişi, işlab çiqariş korxonalari işga tuşirilişi bilan bir qatorda, ayrim xonadonlarda elektr energiyasi sutkalik iste’moli 1000 kilovatt-soatgaça yetgani yoki uşbu xonadonlar örtaça xonadonning 4-5 oylik elektr energiyasi iste’molini bir kunda iste’mol qilişi sabab bölgan”, deyiladi ma’lumotda.

Energetika vazirligi havo harorati issiq kunlarida elektr qurilmalarida yuklama ortib ketişi natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan yirik nosozliklar oldini oliş va elektr energiyasi yetkazib berilişi barqarorligini ta’minlaş maqsadida, iste’molçilardan imkon qadar uşbu resursdan tejamkorlik bilan foydalanişni söragan.