Tokio universiteti qoşidagi Sanoat fanlari instituti olimlari quriliş materiallari işlab çiqariş uçun oziq-ovqat çiqindilaridan foydalanadilar. Bu usul faqat karam barglari va apelsin qobiği kabi meva va sabzavot qoldiqlaridan sement işlab çiqarişni nazarda tutadi. Tadqiqot natijalari umid baxş etmoqda: oziq-ovqat çiqindilarining samarali boğlovçi modda ekani isbotlangan.
Professor Yuya Sakai rahbarligidagi tadqiqotçilar guruhi yoğoç kukunidan quriliş materiallarini tayyorlaşda keng qöllaniladigan «issiq presslaş» usulidan foydalanmoqda. Bunda dengiz ötlari, karam barglari, apelsin, piyoz, qovoq va banan pöstloği quritiladi va kukun holatiga keltirilib, presslanadi. Olingan sement mustahkamligi böyiça tijoriy portland sementdan qolişmayapti.
Oziq-ovqat qoldiqlarini qayta işlaşdan taşqari, yangi jarayon sement işlab çiqarişdagi uglerod çiqindilarini kamaytirişi mumkin. Hozirça texnologiya faqat kiçik miqyosda sinovdan ötkazildi. Ammo agar u sanoatda qöllaş miqyosigaça kengaytirilsa (guruhning keyingi maqsadi), quriliş materiallari bozoridagi «öyin qoidalari»ni özgartirişi mumkin.
Tokio universiteti jamoasi tomonidan ixtiro qilingan usul quriliş sanoatiga va iqlim özgarişiga qarşi kuraşga ham keng kölamda ta’sir körsatişi mumkin. Agar texnologiya keng miqyosda joriy qilinsa, insoniyat an’anaviy sementga boğliqlikdan qutulişi mumkin. Hozirgi vaqtda sement işlab çiqariş sanoati uluşiga global karbonat angidrid çiqindilarining qariyb 8 foizi töğri keladi. Şuningdek uşbu usul issiqxona gazlari çiqindilarining eng katta manbalaridan biri bölgan oziq-ovqat çiqindilaridan oqilona foydalaniş imkonini beradi.










