Tambov garnizon harbiy sudi 58-armiya sobiq qömondoni Ivan Popovni mansab soxtakorligi va firibgarlikda aybdor deb topib, beş yil muddatga umumiy tartibdagi koloniya jazosiga hukm qildi.
U general-mayor harbiy unvonidan ham mahrum etilgan.
Popov 2024 yil may oyida hibsga olingandi. Öşa yil iyulida sud unga ehtiyot çorasini yengillaştirib, advokatlarning uçinçi iltimosnomasidan söng uy qamoğiga jönatgandi, ammo 2025 yil fevralida Popov tergov izolyatoriga qaytarildi. Harbiy prokuraturaga köra, general göyoki ruxsatsiz Tambovdan Moskvaga ketib qolgan, deb yozadi «Kommersant».
Popov Zaporijjya oblastida mudofaa inşootlarini qurişda işlatilişi kerak bölgan, qiymati 100 million rubldan ortiq bölgan 1,7 ming tonna metall mahsulotlarni öğirlaşda ayblandi.
Ayblov tomoni Popov uçun olti yillik qamoq jazosi, şuningdek, general-mayor unvonidan mahrum etiş va 800 ming rubl miqdorida jarima solişni talab qilgandi.
Popov öz aybiga iqror bölmadi va sud tomonidan asossiz ta’qibga uçraganini da’vo qildi. Popovning himoyasi suddan uni oqlaşni söradi.
Mart oyi oxirida «Kommersant» naşri Popov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga oçiq xat bilan murojaat qilgani, unda uni «safga qaytariş» va «maxsus harbiy amaliyot hududi»ga (Rossiya hukumati Ukrainaga keng kölamli bosqinni şunday ataydi) jönatişni söragani haqida xabar bergandi. U öz iltimosini doimo «sodiq askar» bölgani, uning uçun «armiya – hayotining mazmuni» ekani bilan asosladi.
Aprel oyi boşida Popovning advokati Sergey Buynovskiy Rossiya mudofaa vazirligi generalning uruşga jönatiş haqidagi iltimosnomasini qöllab-quvvatlaganini aytgandi. «Kommersant» ma’lumotlariga köra, uni oddiy şturmovik sifatida emas, balki «Ştorm Z» otryadlaridan birining komandiri sifatida jangga yubormoqçi bölişgan.
Sönggi söz örnida general yana bir bor özining aybsizligini ta’kidladi va suddan «öz mamlakatiga foyda keltiriş» imkoniyatini berişni söradi, deb yozadi TASS.
«Sönggi sözida Popov hayotda ba’zi xatolarga yöl qöygan bölişi mumkinligini, qayerdadir adaşgan bölişi mumkinligini, lekin heç qaçon qonunni buzmagani, har doim qasamyodiga, xalqiga va oliy boş qömondonga sodiq qolganini ta’kidladi», – deya Popovning sözlarini keltiradi agentlik suhbatdoşi.
Işdan böşatilgandan keyingi jinoiy iş
Popov 2023 yilning yozida 58-armiya qömondoni lavozimidan çetlatilgandi. Uning sözlariga köra, u Rossiya armiyasi muammolari haqida hisobot berib, Rossiya mudofaa vazirligi rahbariyatining qarorlarini tanqid qilganidan keyin «katta qömondonlik» tomonidan lavozimidan çetlatilgan.













