Ma’lum qilinişiça, qonun bilan davlat qarzi va unga xizmat körsatiş xarajatlarining ustuvorligi, davlat qarzining çeklangan hajmlari, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining davlat qarzini boşqarişdagi vakolatlarini belgilaş nazarda tutilgan.
Qonun bilan davlat qarzi summasining yalpi içki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oşmasligi, davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş mumkinligi belgilanmoqda.
Şuningdek, qonun normalariga muvofiq prezidentning, Oliy Majlis palatalari, Hisob palatasi, hukumatning, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boşqariş sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda.
Xususan, Moliya vazirligi davlat qarzini boşqariş böyiça vakolatli organ etib belgilanmoqda. Bu borada şaffoflikni ta’minlaş borasida Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzining holati va özgarişi töğrisidagi axborotlar yilning har çoragida öz rasmiy veb-saytiga joylaştirilişi belgilangan.
Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqovning ma’lum qilişiça, 1 iyul holatiga Özbekistonning davlat qarzi miqdori 25,9 milliard dollarga yetgan. Uning 23,2 milliard dollari taşqi qarz hisoblanadi.
Davlat qarzining 6 milliard dollari budjetni qöllab-quvvatlaş uçun, 5,6 milliard dollari yoqilği-energetika sohasini qöllaş uçun, 700 million dollari esa ta’lim va soğliqni saqlaş sohalarini qöllab-quvvatlaş uçun ajratilgan.
Odilbek Isoqovning senatorlarga tuşuntirişiça, davlat qarzini YaIMning 60 foizigaça qilib belgilanişi maqsad emas, balki eng yuqori çegara.
«Bu eng yuqori çegara, maqsad emas. Hozirgi davlat qarzi Özbekiston yalpi içki mahsulotining 37 foizini taşkil qiladi. Yil oxirigaça 40 foizga yetişi kutilmoqda. Biz yana 20 foiz bufer olganmiz.
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozdan kelib çiqib, biz yana 10 foiz bufer kerakligi haqida xulosa qildik. Bu borada xorijiy tajribalar ham örganilgan», - deydi vazir örinbosari.

















