AQShning davlat qarzi chegarasi yana oshiriladi
AQSh rasmiylari mamlakatning davlat qarzi uchun belgilangan yuqori chegarani oshiradi va qarzning keyingi o‘sish muammosini ikki yilga yopishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda AQShning davlat qarzi 36,6 trln dollardan oshib ketgan.

Foto: Raw Story
Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp boshchiligidagi hukumat yig‘ilishi chog‘ida AQSh moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi.
Ayni paytda AQSh davlat qarzi 36,6 trln dollardan oshgan bo‘lib, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 122 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichga shtatlar, korporatsiyalar, jismoniy shaxslar qarzlari, shuningdek ijtimoiy nafaqa va sog‘liqni saqlash bo‘yicha majburiyatlar kiritilmagan.
AQSh davlat qarzining YaIMga nisbati 2013 yilda 100 foizdan oshib ketgan va shundan beri bu darajadan pastlamasdan, mudom ko‘tarilib kelmoqda.
Avvalroq ikki partiyaviy siyosiy markaz tahlilchilari joriy yil iyul-oktyabr oylarida AQShda davlat qarzi bo‘yicha defolt yuz berishi mumkinligini bashorat qilgan edi. Ya’ni bunday holatda Moliya vazirligi o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olmay qolishi mumkin. Ularga ko‘ra, bu sana to‘g‘ridan-to‘g‘ri aprel oyida soliq yig‘imlari orqali davlat budjetiga tushadigan daromad miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Shuningdek, 4 mart kuni Standard & Poor’s reyting agentligi 2025 yilda jahon davlat qarzi 3 foizga o‘sib, 12,3 trln dollarni tashkil etishini taxmin qilgan. Ushbu o‘sish iqtisodiyotni rag‘batlantirish, harbiy va ijtimoiy xarajatlar ortishi hisobiga yuz berishi kutilmoqda.
Qayd etib o‘tish joizki, AQShning uzoq muddatli davlat qarzi hozirda jahon davlat qarzining 40 foizini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
Mavzuga oid

00:45
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

22:13 / 21.04.2025
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi

19:11 / 21.04.2025