2022 yil 10 avgust, Toşkent – ​​10 avgust kuni Trianon Motors avtosalon va servis markazining tantanali oçilişi bölib ötdi. Kompaniya töğridan töğri Yevropa sarmoyalari iştirokida taşkil etilgan va elektromobillarni sotiş va texnik xizmat körsatişga ixtisoslaşgan.

Avtosalonda namoyiş etilgan modellar dunyodagi eng maşhur elektromobillar qatoriga kiradi. Şunday qilib, 2022 yilning birinçi yarmi yakunlariga köra, BYD (Build Your Dreams) avtomobillari dunyo miqyosidagi sotuvlar böyiça Tesladan özib ketdi va sohaning yangi yetakçilariga aylandi. Geely Geometry’ning işlab çiqaruvçisi Geely Automobile konserni Volvo konserni uçun boş kompaniya hisoblanadi.

— Bugungi kunda Özbekistonda «yaşil transport» infratuzilmasi rivojlanib bormoqda: quvvatlaş stansiyalari soni ortmoqda, har oy yangi şoxobçalar paydo bölmoqda. Iqtisodiy foyda haqida gapiradigan bölsak, içki yonuv dvigateliga ega avtomobil egasi har oy benzinga örtaça 1 million söm sarflaydi. Elektromobil egasi uçun esa bu summa bir yilga yetarli böladi. 60 kVt batareya va 500 km masofani bosib ötiş zaxirasiga ega modelni uyda bir marta töliq quvvatlantiriş, 1 kVt elektr energiyasini 300 söm deb hisoblasak, 18 ming sömni taşkil etadi, – deydi “Trianon Motors” kompaniyasi hammuassisi Javohir Nurmetov.

 

Elektromobillar bu – ekologik transport sari olğa qadamdir. Ular toza energiya yordamida harakatlanadi, uglerod çiqindilarini çiqarmaydi va atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Ekologik toza transport böyiça Xalqaro kengaş tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, elektromobil yonuvçan yoqilğida harakatlanadigan avtomobillarga qaraganda örtaça 29% kamroq issiqxona gazlarini ajratib çiqaradi.

«Xitoyda 2022 yilning birinçi yarmida yangi quvvat manbaga ega yonuvçan yoqilği avtomobillari savdosidan ança yuqori böldi. Raqamlarda bu 900 mingga qarşi 2,6 millionni taşkil etadi. «Yaşil» transport segmentidagi asosiy iştirokçilarni körib çiqadigan bölsak, BYD 450 000, Geely Holding esa 180 000 elektromobil sotgan.

 

Trianon Motors faoliyatining muhim qismi sotuvdan keyingi xizmat körsatişdir. Biz mahalliy xizmat körsatiş guruhini tayyorladik va kelgusida biz şoşilinç şatakka oliş, favqulodda quvvatlantiriş, elektr transport vositalarini joyida ta’mirlaş, muammolarni onlayn hal qiliş va professional maslahat xizmatlarini amalga oşirişni rejalaştirmoqdamiz», – deya, ta’kidladi texnik xizmat körsatiş böyiça mutaxassis Çjang Dziyen Fey.

BYD va GEELY modellari 500 km masofani bosib ötiş zaxirasiga ega, tezkor quvvatlantiruvçi qurilmalarda quvvatlaş vaqti atigi 45 daqiqani taşkil qiladi. Yoqilği tizimi, dvigatelni sovitiş tizimlari yöqligi va transmissiya qismlari kamroqligi içki yonuv dvigatellari bölgan transport vositalariga nisbatan texnik xizmat körsatişdan keyingi xarajatlarni kamaytiradi.

Trianon Motors sotilgan elektromobillarga 2 yillik yoki 50 000 km uçun kafolat beradi.

Sayt: trianonmotors.uz

Reklama