Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya va Finlandiya NATOga kirish shartlarini bajarmayapti – Turkiya TIV
Turkiya Finlandiyadan 12 va Shvetsiyadan 21 gumondorni ekstraditsiya qilish talabini bildirgandi.
Foto: AP
Shvetsiya va Finlandiya NATOga kirish uchun Turkiya bilan kelishilgan shartlarni bajarmadi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li aytdi.
"Finlandiya va Shvetsiya haligacha Turkiya bilan kelishuvlar bo‘yicha aniq qadam tashlamadi", - dedi u.
Finlandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin betaraflik maqomidan voz kechib, NATO safiga kirishga qaror qilgan, ammo bunga alyans a’zolaridan biri Turkiya qarshi chiqqandi. Turkiya o‘ziga zamonaviy qurollar yetkazib berilishiga embargo qo‘yilganidan va skandinav davlatlarida Anqara terrorchilar deb hisoblaydigan kurd jangarilariga boshpana berilganidan norozi edi.
28 iyun kuni Madridda Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya Anqaraning xavotirlari hisobga olingan holda xavfsizlik sohasidagi memorandumni imzoladi. Turkiya o‘z navbatida, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga nisbatan e’tirozidan voz kechdi.
Turkiya 29 iyun kuni Finlandiyadan 12 va Shvetsiyadan 21 gumondorni ekstraditsiya qilish talabini bildirdi. Bir kun o‘tib, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yana bir raqam – 73 nafar “terrorchi” haqida gapirdi. Anqaraga ko‘ra, bu odamlar yo kurd “jangarilari” yoki Erdo‘g‘an 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda aybdor deb hisoblagan muxolifatchi Fathulloh Gulen boshchiligidagi guruh a’zolaridir.
Shvetsiya va Finlandiya Erdo‘g‘anning bu talabiga sovuq munosabat bildirdi.
Mavzuga oid
19:11 / 02.03.2026
Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
17:49 / 02.03.2026
Turkiyada aniqlangan noqonuniy migrantlar orasida o‘zbekistonliklar uchinchi o‘rinda qayd etildi
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
00:30 / 01.03.2026