Turkiya ham Finlandiya va Şvetsiya alyansga qabul qilinişini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda 28 iyun kuni NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Madriddagi sammit doirasidagi yiğilişdan keyin e’lon qildi. «Men Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga qöşilişi yölidagi tösiqlarni bartaraf etadigan kelişuvga erişganimizni e’lon qilişdan mamnunman. Turkiya, Finlandiya va Şvetsiya Turkiyaning manfaatlari, jumladan, qurol eksporti va terrorizmga qarşi kuraşni inobatga olgan holda memorandum imzoladi», — degan Stoltenberg Madriddagi NATO sammiti ötayotgan yiğiliş kuluarida (asosiy zal taşqarisidagi yölak) jurnalistlarga. Uning sözlariga köra, sammit yakunida Finlandiya va Şvetsiya NATO a’zoligiga taklif etilgan davlatlar maqomini oladi.
NATO sayti xabarida 28 iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo va Şvetsiya boş vaziri Magdalena Andersson Stoltenberg iştirokida uçraşuv ötkazgani aytilgan. Turkiyaning «Anadolu» agentligi yozişiça, muzokaralar matbuot uçun yopiq rejimda ötkazilgan va ikki soat davom etgan.
Mamlakatlar yetakçilari uç tomonlama memorandum böyiça kelişib olişgan, harbiy alyans bayonotida aytilişiça, bu memorandum «Turkiya xavfsizligi muammolarini qonuniy yöl» bilan hal qilişni nazarda tutadi. Alyans boş kotibi muzokaralar çoğida tomonlarning «konstruktiv yondaşuvi»ni olqişlagan. Yakuniy memorandum uç mamlakat taşqi işlar vazirlari tomonidan imzolangan.
Finlandiya va Şvetsiya Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin betaraflik maqomidan voz keçib, NATO safiga kirişga qaror qilgandi, ammo bunga alyans a’zolaridan biri Turkiya qarşi çiqayotgandi. Ikki mamlakat ham 18 may kuni NATO a’zoligi uçun rasman murojaat qilişgan, ammo Turkiya şu kungaça bu arizalar körib çiqilişiga tösqinlik qilib kelayotgandi. Turkiya öziga zamonaviy qurollar yetkazib berilişiga embargo qöyilganidan va skandinav davlatlarida Anqara terrorçilar deb hisoblaydigan kurd jangarilariga boşpana berilganidan norozi edi.
Bloomberg ma’lumotiga köra, Turkiya qator şartlarini ilgari surgan va şu şartlar bajarilgan taqdirda Finlandiya va Şvetsiyaning taşkilotga qabul qilinişiga rozi bölişini bildirgan. Bunday şartlar orasida — uşbu mamlakatlar Kurdiston işçilar partiyasini terrorçilik taşkiloti sifatida tan oliş, şuningdek 2019 yilda Rossiyaning S-400 havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olgani uçun Anqaraga qöyilgan çeklovlarni bekor qiliş.













