Davlat kompaniyalariga IPO va SPO uçun muddatlar belgilandi
|20:41 / 17.08.202232 4495 min
Davlat iştirokidagi 21 ta yirik kompaniya aksiyalarining bir qismini oçiq savdoga çiqariş böyiça muddatlar belgilandi. UzAuto Motors va “Özbekneftgaz”ga berilgan muhlat bir neça oyga uzaytirildi. Hukumat Uzbekistan Airways va “Özavtosanoat” masalasini oçiq qoldirdi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, 2022-2023 yillarda davlat iştirokidagi 21 ta yirik korxonaning aksiyalarini fond birjasida birlamçi va ikkilamçi ommaviy joylaştiriş böyiça yöl xaritasi tasdiqlandi.
Prezidentning bu boradagi topşiriğini hukumat bir yilga keçikib bajardi. Ötgan yil apreldagi prezident farmoniga binoan, 15 ta kompaniyaning IPO yoki SPO ötkazişiga oid yöl xaritalar 2021 yil 14 iyulgaça tasdiqlanişi kerak edi, buni ta’minlaş vazifasi boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorovga yuklatilgandi.
Tasdiqlangan yöl xaritasiga binoan, davlat iştirokidagi 21 ta yirik kompaniya öz aksiyalarini fond birjasiga birlamçi va ikkilamçi ommaviy joylaştirişining taxminiy muddatlari belgilandi (quyida – muddatlar ketma-ketligidagi röyxat):
Qişloq quriliş bank — 2022 yil avgust-oktyabr oylari;
“Özmetkombinat” AJ — 2022 yil 4-çoragi yoki 2023-yil 1-çoragi;
“UzAuto Motors” AJ — 2022 yil 4-çoragi yoki 2023 yil 1-çoragi (2022 yil 1 avgustgaça 10 foizgaça aksiyasini IPÖga çiqarişi kerak edi);
“Özbekneftgaz” AJ — 2023 yil fevral-mart (2022 yil oxirigaça kamida 49 foiz uluşini IPÖga çiqarişi kerak edi);
Agrobank — 2023 yilning 1- yoki 2-çoragi;
Aloqabank — 2023 yil 1-yarim yillikda;
Mikrokreditbank — 2023 yil iyun oyida;
“Universal Suğurta” AJ — 2023 yil iyun oyida;
“Alskom” AJ — 2023 yil iyun oyida (SPO);
Mavzuga oid
“Öztemiryölkonteyner” AJ
— anderrayterlar tavsiyalariga asosan, taxminan 2023
yil
iyun oyida (IPO/SPO);
Xalq banki — 2023 yil 2-çorak;
“Özbekinvest” AJ — 2023 yil 2- va 3-çoraklar;
“Özbekgeofizika” AJ — 2023 yil 2- va 3-çoraklar;
Milliy bank — 2023 yil iyul oyida;
“Özagrosuğurta” AJ — 2023 yilning ikkinçi yarmi;
“Özbekiston poçtasi” AJ — noma’lum (2023 yil mart oyidan keyingi davrda, anderrayterlar tavsiyalariga asosan);
“Özavtosanoat” AJ — noma’lum (2023 yil mart oyigaça IPO böyiça hukumatga takliflar kiritiladi);
“Qurilişmaşlizing” AJ — noma’lum, anderrayterlar tavsiya qilgan muddatda (IPO böyiça takliflar hukumatga 2023 aprel oyida kiritiladi);
“Öztransgaz” AJ — noma’lum, anderrayterlar tavsiya qilgan muddatda (IPÖdan oldin, 2023 yil 2-çorakda korporativ kredit reytingi oliş uçun konsultant jalb qilinadi);
“Uzbekistan Airways” AJ — noma’lum, anderrayterlar tavsiya qilgan muddatda (IPÖni ötkazişga tayyorgarlik 2023 yil iyul oyigaça davom etadi);
“Dori-Darmon” AJ — noma’lum (hukumat roziligi olinganidan keyin 10 oy içida).
IPO/SPO (Initial/secondary public offering) aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini çeklanmagan miqdordagi şaxslarga birlamçi/ikkilamçi ommaviy sotişni bildiradi.
Özbekiston tarixida ilk bor tajriba tariqasida “Kvars” AJ 2017 yil dekabrida “Toşkent” fond birjasida IPO ötkazgan. Şundan söng “Jizzax plastmassa” AJ ham aksiyalarini oçiq ravişda fond birjasiga joylagan.
“Kvars” va “Jizzax plastmassa” hozirça Özbekistonda IPO ötkazgan birinçi va oxirgi kompaniyalar bölib qolmoqda. Vaholanki, 2019 yildayoq mamlakatdagi önga yaqin kompaniya aksiyalari oçiq savdoga çiqarilişi e’lon qilingandi. “Biz yil oxiriga qadar 10 tadan kam bölmagan kompaniya IPO jarayonini ötkazişini kutmoqdamiz. Heç bölmaganda, 6 kompaniya”, degandi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktorining öşa vaqtdagi birinçi örinbosari Asqar Obidov.
Keyinçalik, davlat uluşi yuqori bölgan 20ta yirik kompaniyani 2021 yilning 2-çoragida IPO orqali xususiylaştiriş reja qilingandi.
2021 yil kuzida esa boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov Özbekistonning eng yirik korxonalaridan 30tasi 2025 yilgaça IPO ötkazişi haqida gapirgandi. “Investorlarga şuni ma’lum qilmoqçimanki, biz 2023 yilgaça 10ta yirik kompaniyada, 2025 yilgaça esa Özbekistondagi 20ta eng yirik kompaniyada IPO ötkazişni rejalaştiryapmiz”, – dedi u.
Eslatib ötamiz, kuni keça “Toşkent” respublika fond birjasiga Giorgi Paresişvili rais etib tayinlandi. Uning oldiga qöyilgan asosiy vazifalardan biri – mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining IPO va SPÖlarini ötkazişda yordam beriş.