Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Peel Hunt investitsiya banki ijrochi bosh direktori Stiven Fayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistondagi investitsiya loyihalariga, shuningdek, respublikadagi xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Peel Hunt O‘zbekistondagi xususiylashtirish, investitsiya loyihalarni amalga oshirish va yuqorida bayon etilgan amaliyotlar bo‘yicha respublikaning yirik tarmoq korxonalari bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekiston rasmiy vakili Britaniya tomonini bo‘lajak IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi bilan tanishtirdi va ularni ushbu nufuzli xalqaro anjumanga taklif qildi.
Mavzuga oid
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
15:20 / 13.06.2026