Abu-Dabining suveren investitsiya fondi Mubadala va Abu-Dabi milliy energetika kompaniyasi TAQA Özbekistondagi “Talimarjon” energetika majmuasida joylaşgan 875 MW quvvatga ega birlaştirilgan siklli gaz elektr stansiyasini sotib oliş jarayonini yakunladi. Bu haqda 30 may kuni Mubadala va TAQA birgalikda X tarmoğidagi sahifasida e’lon qildi.

Stansiyani boşqariş uçun tuzilgan “Talimarjan Power Plant 1” MÇJda BAAning ikki kompaniyasi 40 foizdan uluşga ega böldi. Qolgan 20 foiz Özbekiston tomonidan “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJga tegişli.

Davlat reyestriga köra, “Talimarjan Power Plant 1” MÇJ 2023 yil 1 mart kuni röyxatga olingan. Ustav kapitali – 109,7 mln söm. Rahbari – Sergey Tazin, u muqaddam Rossiyadagi elektr stansiyalarida işlagan.

2023 yil 1 mart kuni “Talimarjan Operations and Maintenance” MÇJ ham röyxatdan ötkazilgan. Kompaniya stansiyani eksplutatsiya qiliş bilan şuğullanadi. Undagi uluşlar ham yuqoridagidek 40-40-20 nisbatda taqsimlangan.

Korporativ axborotlar portaliga köra, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ aktivlarni topşiriş jarayoni boşlangani haqida 30 aprel kuni xabar bergan.

Gulf Business'ning yozişiça, “Talimarjon Power Plant 1” – Özbekiston energetika infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi bölib, “Özenergosotiş” AJ bilan 25 yillik elektr energiyasi xaridi böyiça şartnomaga ega.

Bitim e’lon qilinganiga 5 kun bölsa-da, hukumat bu borada biror rasmiy ma’lumot e’lon qilmadi. Kun.uz qöşimça tafsilotlarni sörab Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga sörov yubordi.