Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda MIB xodimini do‘pposlab jarohat yetkazgan ota-bolaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qarzdor va uning o‘g‘li davlat ijrochisining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan. So‘ng xodimni haqorat qilib, uning turli sohalariga urib-tepib, tan jarohati yetkazgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha, 2022 yil 25 avgust kuni MIB Arnasoy tumani bo‘limi davlat ijrochisi ish yurituvidagi qarzdor T.T.dan davlat foydasiga 3,5 million so‘m davlat bojini undirish uchun qarzdorning yashash xonadoniga borgan.
Xodim ijro harakatlarini amalga oshirishi vaqtida qarzdor va uning o‘g‘li davlat ijrochisining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, turli sohalariga urib-tepib, tan jarohati yetkazishgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) va 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Baxmal tumanida MIB xodimi ijro harakatlarini amalga oshirayotgan chog‘da qarzdor fuqaro uni pichoqlab tan jarohati yetkazgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
09:45 / 12.12.2025