Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 5 avgust kuni Baxmal tumani Kaltatoy qişloğida öz xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimlariga fuqarolardan biri piçoq bilan hamla qilib, xodimlardan biriga tan jarohati yetkazgan.

Ma’lum bölişiça, MIB Baxmal tumani bölimi ijroçisi 2 nafar hamkasbi bilan “Qutluğobod” MFYga qaraşli Kaltatoy qişloğida yaşovçi fuqarodan şu qişloqda yaşovçi sobiq turmuş örtoğining bir nafar voyaga yetmagan farzandi foydasiga 15 million söm aliment pullarini undiriş töğrisidagi fuqarolik işlari böyiça Ğallaorol tuman sudi ijro hujjatiga asosan borgan.

Xonadon sohibi mast holatda aliment pullarini bermaslik maqsadida janjal kötarib, qölida bölgan oşxona piçoği bilan xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimining tanasiga bir neça marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvçi “qorin böşliğining çap va pastki qismi, kökrak qafasining çap biqin sohasi hamda çap yelka sohalariga sançilib kirgan jarohati” taşxisi bilan tuman tibbiyot birlaşmasi şoşilinç bölimiga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalar natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Qaşqadaryoda MIB xodimini urib, tan jarohati yetkazgan fuqaro ozodlikdan mahrum etilgandi.