Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Ukraina, Moldova va Gruziyani YeIga qabul qilishga chaqirdi
Olaf Shols Germaniya bundan buyon ham Ukrainaga Rossiya tajovuzidan himoyalanishga yordam berishini va yaqin haftalarda zamonaviy qurollar jo‘natishini va’da qildi.
Foto: Reuters
Germaniya kansleri Olaf Shols Yevroittifoqni yangi a’zolar qabul qilish uchun tub islohotlarga tayyorlashga chaqirdi.
"G‘arbiy Bolqon, Ukraina, Moldova va Gruziya YeIning bir qismi bo‘lishi lozim. Bu kengayish Yevropa ittifoqi manfaati uchun", - dedi u.
Shols Germaniya bundan buyon ham Ukrainaga Rossiya tajovuzidan himoyalanishga yordam berishini va yaqin haftalarda zamonaviy qurollar jo‘natishini va’da qildi.
Shuningdek, Olaf Shols o‘z nutqida mudofaa sohasidagi hamkorlikni keskin kuchaytirishga chaqirdi.
Germaniya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq kengayishi uchun keskin qadam qo‘yishi va Yevroparlamentni isloh qilishi kerak.
Mavzuga oid
12:52 / 06.03.2026
Zelenskiy Orbanning manzilini Ukraina qurolli kuchlariga berish bilan tahdid qildi
12:08 / 19.02.2026
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
15:54 / 22.01.2026