Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida erkak ayolini ayovsiz do‘pposlab, ko‘p o‘tmay uni pichoqlab o‘ldirdi. Ayol kaltaklanganidan keyin IIBga murojaat qilganiga qaramay, profilaktika inspektori jinoyat ketidan ro‘y bergan ikkinchi jinoyatning oldini ololmagan.

Kun.uz voqea bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi (kaltaklash voqeasi bog‘chada ro‘y bergan), Bosh prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan munosabatlarni hamda hodisa ro‘y bergan mahalladan o‘z reportajini e’lon qildi.

24 yoshli marhumaning otasi Kun.uz'ga bergan intervyusida qizining o‘limiga profilaktika inspektori ham sababchi ekanini aytdi. Unga ko‘ra, uchastkavoy ayolni kaltaklagan erkakka zudlik bilan chora ko‘rmay, o‘z shaxsiy ishi bilan ketib qolgan.

Voqea jamoatchilik faollarini larzaga keltirdi.

“Ayrimlar ayolni allaqachon zinoda gumonlab bo‘ldi – gunohmasmi?”

Adliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova ayrimlar marhumani tanimay-bilmay zino qilganlikda ayblashga ulgurgani, biroq uni yaqindan bilganlar ayolning oriyatli, iffatli bo‘lganini aytishganiga e’tibor qaratdi.

“Quyi Chirchiqda o‘z eri tomonidan ikki bolasining ko‘z o‘ngida pichoqlab o‘ldirilgan ayol eri tomonidan muttasil kaltaklab kelingan, 3 oydan beri otasinikida yashayotgan bo‘lgan, kelin bo‘lib tushgan mahallasidagilar ham, ishxonasi ham uni oriyatli, iffatli ayol deb ta’riflashyapti, erida maniakal rashk kasalligi bo‘lgan. Kun.uz