Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida er raşk sabab xotini işlaydigan xususiy boğçaga borib, bolalar köz öngida uni urgani aks etgan video tarqaldi.
Internetda tarqalgan videoda er bolalar köz öngida ayolini böğib, kaltaklagani, bolalar voqeadan qörqib ketib yiğlaganini köriş mumkin.
Maktabgaça ta’lim vazirligi xabariga köra, joriy yil 24 avgust kuni soat taxminan 17:00 va 18:00 lar oraliğida Quyi Çirçiq tumanidagi «Lastoçka» nomli oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotiga umuman aloqador emas şaxslarning janjali bolalar köz öngida sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, uşbu er-xotining tortişuvi avvaliga köçada boşlangan, söng erining kaltagidan qoçgan ayol közi tuşgan darvoza tomon kirib yaşirinmoqçi bölgan. Er xotinining ketidan kirib kelgan, janjal holati NMTT içida davom etgan.
Döpposlangan ayol NMTTda işlamagan.
Ayni damda uşbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiliş organlari tergov işlarini amalga oşirmoqda.

















