Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shimoliy oqim» orqali gaz berish noma’lum muddatga butunlay to‘xtatildi
Xabar qilinishicha, eng oxirgi gaz haydash agregatida shikastlanishlar aniqlangan.
«Shimoliy oqim» quvuri orqali gaz berish noma’lum muddatga butunlay to‘xtatildi, deb xabar berdi Lenta.ru.
Xabarga ko‘ra, eng oxirgi gaz haydash agregatida shikastlanishlar aniqlangan.
Rostexnadzor aniqlangan nosozlik va shikastlanishlar gaz turbina dvigatelidan xavfsiz foydalanishga imkon bermasligi haqida ogohlantirgan. Siemens Energy AG prezidenti va ijrochi direktori Kristian Bruxga nosozliklar to‘g‘risidagi ma’lumot yetkazilgan.
«Nosozliklar bartaraf etilmaguniga qadar "Shimoliy oqim" orqali gaz yetkazish to‘liq to‘xtatildi», — deyiladi «Gazprom» xabarida.
31 avgust kuni «Shimoliy oqim» orqali gaz yetkazish rejalashtirilgan ishlar olib borilishi munosabati bilan uch kunga to‘liq to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026