Jahon | 20:56 / 06.09.2022
13180
2 daqiqa o‘qiladi

Sallivan Rossiyadagi AQSh elchisi lavozimini tark etishi sababini aytdi 

Jon Sallivan AQShning Rossiyadagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlab, 4 sentabr kuni Moskvadan jo‘nab ketgandi. 

Foto: Reuters

Jon Sallivan turmush o‘rtog‘ining betobligi sababli AQSh elchisi lavozimini tark etdi. U bu haqda Politico jurnalisti Naxal Tusiga ma’lum qildi.

Tusining yozishicha, Sallivanning turmush o‘rtog‘i Greys Rodriges anchadan buyon saraton kasalligiga chalingan bo‘lib, oxirgi haftada uning ahvoli og‘irlashgan. 5 sentabr kuni Rodriges vafot etgan.

Jon Sallivan jurnalist bilan suhbatda uning ketishi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari yoki AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining siyosati bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan.

Sallivan 2019 yil dekabrida AQShning Rossiyadagi elchisi etib tayinlangan edi.

Qayd etilishicha, Jon Sallivan Moskvani tark etgach, qirq yillik davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlaydi, bu davrda u AQShning beshta prezidenti davrida ishlagan va shu qatorda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari, Adliya, Mudofaa va Savdo vazirliklarida yuqori lavozimlarni egallagan.

Elchi Sallivanning o‘rniga yangi amaldor kelguniga qadar Elizabet Rud AQShning Moskvadagi elchixonasida muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlaydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid