AQŞning Rossiyadagi elçisi Jon Sallivan AQŞ elçisi sifatidagi faoliyatini yakunlab, 4 sentabr, yakşanba kuni Moskvadan jönab ketdi, deb xabar bermoqda AQŞning Rossiyadagi elçixonasi sayti.
Sallivan 2019 yil dekabrida AQŞning Rossiyadagi elçisi etib tayinlangan edi.
Qayd etilişiça, Jon Sallivan Moskvani tark etgaç, qirq yillik davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlaydi, bu davrda u AQŞning beşta prezidenti davrida işlagan va şu qatorda AQŞ davlat kotibi örinbosari, Adliya, Mudofaa va Savdo vazirliklarida yuqori lavozimlarni egallagan.
Elçi Sallivanning örniga yangi amaldor kelguniga qadar Elizabet Rud AQŞning Moskvadagi elçixonasida muvaqqat işlar vakili sifatida işlaydi.
2022 yil iyun oyida TASS Rossiya davlat axborot agentligiga bergan intervyusida Jon Sallivan AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabatlarda Ukrainadagi uruş sabab jiddiy işonç yöqotilişini ta’kidladi va bu qança davom etişi mumkinligi haqidagi savolga javob berişga qiynaldi.
«Meni eng köp işonçning yöqolişi xavotirga solyapti. Rossiya hukumati bizni bosqin rejasi yöqligiga işontirdi. Rossiya hukumatining yuqori martabali vakillaridan heç qanday bosqin bölmaydi, hammasi rusofobiya, degan gaplarni eşitdik. Amerika isteriyasi va hokazoni... Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari bunday rejalar yöqligini aytişdi. Rejalar yöq. Ya’ni, Rossiya buni nafaqat qilmoqçi emas, hatto bunday rejalari ham yöq edi. Ammo hozir bilamizki, bu notöğri bölib çiqdi, çunki 24 fevral kuni sodir bölgan voqea yaxşi rejalaştirilgan va uyuştirilgan bölgani aniq», - dedi Sallivan.
Şu bilan birga, diplomat Moskva va Vaşington örtasidagi munosabatlar yaxşilanişiga işonç bildirdi, ammo bu tez orada sodir bölmasligi aytildi.
Mart oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni avvaliga «harbiy jinoyatçi», keyinroq «ölimga olib keluvçi diktator» va «bandit» deb atagani uçun Sallivan Rossiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirilgan edi. Smolenskaya maydonida öşa paytda «Amerika prezidentining bunday yuqori martabali davlat arbobiga noloyiq bayonotlari Rossiya-Amerika munosabatlarini buzişi olib kelişi» ta’kidladi.

















