AQŞning Rossiyadagi elçisi Jon Sallivan Vaşingtonga jönab ketdi. AQŞ Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritgandan keyin Moskva unga maslahatlaşuvlar uçun uyga qaytişni tavsiya qilgandi.
«Men qaytganimdan xursandman, oilamni körib, ma'muriyatdagi hamkasblarim bilan uçraşmoqçiman», deb ma'lum qilgan Sallivan aeroportda jurnalistlarga.
20 aprelda AQŞ elçisi Vaşingtonga maslahatlaşuvlar uçun jönab ketişini, Moskvaga esa bir neça hafta içida qaytişini ma'lum qilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sallivanning Rossiyaga qaytişi bu qançalik maqsadga muvofiq bölişiga boğliqligini aytgandi.
Rossiya AQŞ sanksiyalariga javoban Sallivanga uyga qaytişni tavsiya qilişdan taşqari, 10 amerikalik diplomatni çiqarib yuborişini va AQŞ elçixonasi faoliyati çeklanişini e'lon qilgandi.
Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar AQŞ prezidenti Jo Baydenning mart oyidagi intervyusidan keyin taranglaşdi. Bayden öşa intervyuda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblaşini va Moskva AQŞdagi saylovlarga aralaşuv uçun «katta haq tölaşini» aytgan. Şundan keyin Rossiyaning Vaşingtondagi elçisi Anatoliy Antonov ortga çaqirtirib olingan. Antonov ayni vaqtda Moskvada qolmoqda.

















