AQŞning Rossiyadagi elçisi Jon Sallivan rasmiy Moskva unga  maslahatlaşuvlar uçun Vaşingtonga ketişini tavsiya qilganiga qaramay, Rossiyani tark etişdan boş tortdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib Axios naşri xabar berdi.  

16 aprel kuni Rossiya taşqi işlar vazirligi AQŞning sanksiyalariga javoban 10 nafar amerikalik diplomatni çiqarib yuborişini va Sallivanga «uyga maslahatlaşuvlar uçun qaytiş»ni tavsiya qilgan. Mohiyatan bu Rossiya AQŞ elçisini öz hududidan çiqarib yuborişini anglatadi.  

Axios’ning xabar berişiça, uşbu tavsiyalarga qaramasdan, Sallivan Moskvada öz işini davom ettirmoqda. Manbalarning ta'kidlaşiça, AQŞ elçisi Rossiya rasmiylari uni majbur qilmagunça Rossiyani tark etiş istagida emas. 

Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar AQŞ prezidenti Jo Baydenning mart oyidagi intervyusidan keyin taranglaşdi. Bayden öşa intervyuda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblaşini va Moskva AQŞdagi saylovlarga aralaşuv uçun «katta haq tölaşini» aytgan. Şundan keyin Rossiyaning Vaşingtondagi elçisi Anatoliy Antonov ortga çaqirtirib olingan.