Qiroliça Yelizaveta II, 2018 yilning 10 iyuli. Londonda. Foto: Max Mumby/Indigo/Getty Images

Bu nozik ayolning misli körilmagan kuç-qudrati qirollik hokimiyatining ming yillik an’analariga şaksiz hurmat, umr böyi sadoqatga asoslangan. Qiroliça özini sönggi nafasigaça bu an’analar qöriqçisi hisoblar edi, deb yozadi publitsist Sergey Nikolayeviç.

Qirollik etiketi monarx ayol garderobida qora rangning qaçon işlatilişini aniq-tiniq qilib belgilab beradi. Yelizaveta öz turmuş örtoği Edinburg hersogiga ön kun motam tutdi. Qiroliça onasiga esa bir hafta. Malika Dianaga — uç kun. Hamma kampirlar ertami-keçmi hayotning qayğuli kunlariga duçor bölib, qora libosga burkanişadi. Yelizaveta Ikkinçi bunday qila olmas edi. Uning uçun motam libosi faqat dafn marosimida edi. Hayotda esa yorqin ranglar, guldor köylaklar, yengil patlar va ipakdan yasalgan atirgullar yopiştirilgan kulgili şlyapalar. Umuman, odamlar qiroliça paydo bölganida xursand bölişi va olqişlaşga mahkum, qörqişi yoki uning qariyaligi va ojizligidan rahmi kelmasligi kerak, deb hisoblardi u.

Bejizga şu yil yozda taxtga ötirganining 70 yilligi nişonlanayotganida u Bukinghem saroyi balkoniga çiqişni qat’iy rad etişga harakat qilmagan. U qölidagi hassa bilan ommaga köringisi,  yurişga qançalik qiynalayotganini namoyiş etgisi, eri Filipp ölgaç qançalik özini oldirib qöyganini körişlarini istamagan. Lekin bu — burç. Boz ustiga, öğli şahzoda Çarlz «Oyi, xalqqa köriniş beriş kerak. Ular tuşunadi», deya qistalang qilgan deyişadi.

U juda bardoşli stoik edi. Britaniya imperiyasining sönggi askari edi. Imperiya allaqaçon öçgan, u esa tirik edi. Barçasi eski ipak matodek sirğalib, tarqalib, buzilib, vayron bölib, talamon bölib közdan ğoyib böldi. Faqat u öz postida edi. Xizmat vazifasida. Şlyapa, öng qöliga ilingan sumka, qölqoplar, oğir-vazmin, ayrim hollarda esa teşib ötgudek ötkir nigoh. Holbuki, tabiatan Yelizaveta aslo qattiqqöl emasdi. Şunçaki besabab jilmayişni yomon körardi. Kinoyulduzlarga tabassum yaraşadi. Uning onasi çiroyli tabassum qilardi, qiroliça-ona özining şohona tabassumi bilan heç kimni benasib qoldirmasdi. Yelizavetaga bu yuqmagan edi. Ba’zan u bundan afsus ham qilardi.

Qiroliça Yelizaveta II Balmoraldagi darvoza oldida. 2021 yilning 9 avgusti. Foto: Jane Barlow - WPA Pool/Getty Images

— O, agar hozir şu yerda onam bölganida, xalq bundan uç barobar köproq yiğilardi, — degan u kunlarning birida qandaydir ikkinçi darajali yiğinda özi paydo bölganidan söng odamlarning kamligini körganda.

Qirollik oilasi Buyuk Britaniyada qiziqişdan qolgan davrlar ham bölgan. Bu 60-yillarning oxiri — 70-yillarning boşi. Öşanda yoşlar namoyişi, «Bitlz», Tviggi mini-yubkalarning urfga kirişi, Oyga inson qadami yetişi fonida ular umidsiz qoloq, zerikarli, barça tugmalari ötkazilgan, özlariga xos köhna va qadimiy Queen’s Englişda sözlaşadigan insonlar bölib köringan edi. Ayniqsa bu BBC 1969 yilda Balmoral qasriga kameralar örnatib, Vindzorlar oilasi haqida ilk hujjatli film işlaganida yanada yaqqol namoyon bölgan. Aslida, bu Edinburg hersogidan çiqqan ğoya edi — xalqqa yaqinroq böliş uçun. Şu maqsadda qiroliçani kiçik öğli şahzoda Edvard bilan dökonga allaqaysi narsani xarid qilişga jönatişadi. Sumkasidan karmonini çiqarib, içidan özining tasviri tuşirilgan tangalarni olib, ularni qiynalib sanayotganini körişning özi u bu işni heç qaçon qilmaganidan dalolat berib turardi. Bu hattoki, odamning könglini yumşatadigan darajada qiziq edi.

Yoki malika Diananing ölimidan söng monarxiyaning reytingi qulay boşlab kiritik körsatkiçlarga yaqinlaşgaç, qiroliçani negadir London pablaridan biriga «xizmat safari»ga jönatişadi. Holbuki u qirollik oilasida pivodan jirkanadigan yagona inson ekanligini barça bilardi. Lekin şunda ham barmen bilan lutf alişgaç, unga bir kanistr filtrlanmagan pivo sovğa qilişadi.

«Bu oilangizdagi erkaklar uçun, mem! — deydi barmen, söng ovozini biroz pastlatib, muğombirona qöşib qöyadi: — Albatta, oyingiz uçun ham!» Bunga qiroliça kiprik qoqmasdan javob qaytaradi: «Menimça, bu kanistr oyimning özidan ortmasa kerak».

Qiroliça Yelizaveta II Avstraliyaga safari çoğida, 1970 yilning apreli. Foto: William Lovelace/Daily Express/Getty Images

Umuman, Yelizaveta Ikkinçida oniy hozirjavoblik va öziga xos yumor hissi bor edi. Öta britança, bosiq, biroz kulgili sovuqlik, sançib oladigan öynoqilik, quvnoq topqirlik va piçingga yöğrilgan va buni tuşunadigan, baholay oladiganlarga möljallangan yumor. Biroq juda köp holatda uning atrofidagilar yengil falaj bölib qolib, lablarini faqat «Yes, mam!» yoki «No, mam!» deyişgagina juftlay olişardi. U esa qöllarni siqişda, savol berişda va vaziyat taqozo etsa hazil qilişda davom etardi.

Qariyb yuz yoşida Yelizaveta bir neça marta barçaning muhabbatiga sazovor böliş davrlarini boşdan keçirdi. Birinçisi, hali qizaloqligida u opasi malika Margaret bilan tuşgan surati poytaxt va provinsiyadagi barça dökonlarga joylaştirildi. Bu portretlar rangli jurnallardan qirqib olindi, ularni fotoatelelarda maxsus buyurtma qilişdi, gazeta köşklarida ulgurji va çakana xarid qila boşlaşdi. Ideal mitti malikalar. Uruş iskanjasida qolgan Yevropada tinçlik va xotirjamlik ramzlari bölişdi.

Malika Yelizaveta singlisi Margaret bilan. 1940-yillar Foto: Nypost.com

Ularning bolalik fotosurati Amsterdamdagi Anna Frank uy-muzeyida ham bor. Axir ular tengdoş edilar. Yurti bosib olingan Anna öşanda ham britaniyalik malikalar haqidagi har bir xabarni yutoqib kutardi: Ular Londonda, bombalar ostida qanday kun keçiryapti ekan-a, deb. Aslida, ular Vindzor qasridan boşpana topişgan edi. Kanadaga evakuatsiya qiliş haqida ham gap-sözlar bölayotgan edi. Öşanda ona-qiroliça özining tarixiy sözlarini aytgan: «Malikalar doim men bilan bölişadi. Men heç qaçon qirolni taşlab ketmayman, qirol esa Angliyani tark etmaydi». Şunday bölib ham çiqdi. «Bizning törtligimiz», — derdi özi va oilasi haqida qirol Jorj VI.

Şundan söng Yelizaveta ösib ulğaydi, tillasoçli norğul yunon şahzodasi Filippning rafiqasi böldi. Butun Britaniya, albatta, raşk qildi. Nega endi yunon? Yana tomirida nemis qonlari oqayotgan? Lekin Filippni rad etiş oson emasdi. Valiahd tuğilgaç, Yelizavetani yanada qattiqroq yaxşi körib qolişdi.

Malika Yelizaveta (keyinçalik qiroliça Yelizaveta II) va uning kuyovi Filipp Mauntbetten nikohlari e’lon qilingaç Bukinghem saroyida. 1947 yilning 10 iyuli. Foto: Topical Press Agency/Hulton Archive/Getty Images

Şundan söng qirol Jorj IVning ölimi, toj kiydiriş marosimi va hukmronligining dastlabki yillari böldi. Bugundan turib qaralsa öşanda uning gardaniga qançalik oğir yuk kelib tuşganini anglaş mumkin. Bularning barçasiga çidaş va sabr qiliş kerak edi! XX asr ikkinçi yarmining barça asosiy voqealari markazida böliş. Şu holatda ham qirollik masofasini saqlay oliş. Barça siyosatçilar va davlat rahbarlari bilan şaxsan taniş böliş, biroq oddiy odam va qiroliçani ajratib turuvçi çiziqdan qadam bosib ötmaslik.

U katta buvisi qiroliça Viktoriya singari dono hukmdor obraziga darhol kirişib keta olmadi, unda Indira Gandining salobati, Jaklin Kennedining tuğma zeboligi, Margaret Tetçerning hukmdorlik quvvati yöq edi. Bu ayollar oldida u, ehtimol, juda jön va sodda köringandir. Yelizaveta bu haqda bilar, lekin bundan aslo tortinmasdi. Uning jiyani şahzoda Maykl Kent özi tanlagan qiz, nasabdor baronessa Mariya Kristina fon Reybnitsga uylanayotganida, qiroliça behazil söragan: «Kelinimiz biz uçun nihoyatda katta grand-xonim emasmi?» Ya’ni Mariya «qiroliçalik» qilişga haddan ziyod kirişib ketmasmikan, degan mazmunda.

Darvoqe, mana şu yerda içki tuyğusi qiroliçani aldamagan edi. U öşa vaqtning özida nosamimiyat, soxtalik va hisob-kitobni körgan edi. Özi juda kamtar, hattoki tortinçoq inson bölganigamikan, bayramona va şohona dabdabani unçalik xuşlamas, imkon tuğildi degunça insonlardan köra köppaklari va otlari bilan «suhbatlaşiş»ni ma’qul körardi. Unda sönggi soniyalargaça qişloq ayoli yaşadi. U qişloq yarmarkalarini sevar, u yerda qölda töqilgan paypoqlar, jun kardiganlar va sviterlarni Mavlud sovğalari sifatida xarid qilar edi. Qasrlar doimo salqinroq böladi. Şu sababli qiroliça uçun eng zör sovğa — töqilgan ğilof içidagi isitgiç edi. Qöl-oyoqlari ming xil taşviş bilan boğlangan bölmasin, u qölidan kelgança öz yaqinlari va atrofidagilarning hayotini oddiy insonlar hayotiga öxşatişga harakat qilardi. Buni özining burçi, agar ta’bir joiz bölsa, dunyoga kelişidan maqsadi deb bilardi! Balandparvoz gaplardan doim qoçişga harakat qilardi.

Qiroliça Yelizaveta II va şahzoda Filipp Şotlandiyadagi Balmoral yerida kumuş töyni nişonlamoqda. 1972 yilning sentabri. Foto: Fox Photos/Hulton Archive/Getty Images

Etiket böyiça qiroliçaga savol beriş mumkin emas, uni teginiş, hattoki maşinadan tuşişda kömaklaşiş uçun qöl uzatiş mumkin emas. Doim özi, doim yakka özi. Edinburg hersogi ham kadrda faqat qiroliça bölişi uçun tavoze bilan tislanişga könikib qolgan. U qiroliça ham edi-da! Davlat rahbari, Anglikan çerkovi rahbari, Qurolli kuçlar oliy boş qömondoni, Hamdöstlik davlatlari rahbari. U nafaqat buyuk Britaniya, butan inglizsakson sivilizatsiyasini, ayollarga xos soğlom fikr hokimiyati, qirollik unvoni hokimiyatini tamsil etardi. Bu hokimiyat burçining özi edi.

Agar öylab qaralsa, özining 70 yillik hukmronligi davrida Yelizaveta Ikkinçi duç kelgan oilaviy krizislarning barçasi zamirida bitta holat yaşirin edi: qirollik burçi va saroy qonun-qoidalari oddiy insoniy baxtga bölgan ehtiyoj bilan töqnaş kelardi.

Barçasi amerikalik juvon tufayli taxtdan voz keçgan uning amakivaççasi Deviddan boşlangan. Keyin singlisi Margarentning baxtsiz sevgi keçmişi röy berdi. U oilasidan ajralgan erkakni deb barça burç va qirollik imtiyozlaridan voz keçib, butun umr bundan afsuslanib ötdi. Tört bolasidan uçtasining oilasi buzilgani, Diananing ölimi, şahzoda Endryuning şubhalarga töla, hattoki jinoyatkorona aloqalari, Garri va Meganning yaqinda AQŞga qoçib ketişi... Bularning hammasi non-stop rejimida jamiki telekanallar efirlari, barça saytlar va gazetalarning asosiy sahifalarida yoritilib turdi. Bu tuganmas serialni kötariş uçun Yelizaveta kuçni qayerdan topgan ekan, deb öylanib qoladi, kişi. Uning özi bu borada nima fikrda bölgan?

Qiroliça Yelizaveta II, Sassek hersoginasi Megan va Sassek hersogi şahzoda Garri. Foto: Max Mumby/Indigo/Getty Images

Taassufki, bu borada birorta hujjatli dalil yöq. Axir qiroliça umri davomida biror marta intervyu bermagan. Biroq aytişlariça u 9 yoşidan boşlab kundalik yuritgan va unda muhim voqea-hodisalarni qayd qilib borgan. Yana banketlardan birida 1992 yilni Annus horribilis — «dahşatli» deb ataganining videoyozuvi bor. Öşanda ilk bora uning şamollagan tovuşida ölasi qilib haqoratlangan insonning dilsiyohligi mujassam bölgan edi. Bularning barçasi nima uçun? Diana bilan mojarolar kam edimi, bolalarining ajraşişlari yetmasmidi, bunga qöşimça ravişda Vindzorda yuz bergan dahşatli yonğin yangi falokatlarning elçisidek böldi. Öşanda Buyuk Britaniya unda qiroliçani emas, ilk marta nimadandir şikoyat qilgan, közoynak taqqan boşlanğiç sinflarning qartayib qolgan va ğamgin öqituvçisini körgandek, uni qaytadan yaxşi körib edi. Boz ustiga, e’tiroz endilikda unça-munça odam işlatmaydigan lotin tilida yangragan edi. Ammo hamma bir narsani anglagandi: hozir qiroliça bölişning ayni fursati!

Yelizavetaning butun umri çeksiz xizmatkorlikdan iborat böldi. Uning Mavlud arafasidagi nutqlari — stoitsizmning yengilgina va’zi. Sizif haqidagi mif — bu uning mifi. Alber Kamyu uni öz falsafiy asari tiliga joylaştirgan bölsa, Yelizaveta Ikkinçi —qirollik bayonnomasi tiliga. Ammo mif mohiyatan bitta. Itoatkorlik — taqdirga tan berişning eng işonçli usuli ekanligi haqida. Sabr — bu ilohiy ne’mat, uni quvvatlab butun umr davomida tarbiyalab boriş kerakligi haqida. Ğolib heç narsaga ega bölmasligi haqida.

Yelizaveta va Filipp uruş davri odamlari edi. Uruş ularning yoşligini ham yoqib yuborgan, xarakterlarini çarxlagan. Filipp Britaniya qirollik floti zobiti sifatida harbiy harakatlarda iştirok etgan. Yelizaveta 16 yoşida harbiy transport haydovçiligiga imtihon topşirgan. U heç qaçon yuk maşinalari va oğir yuk taşuvçi transportlar ruliga ötirişdan hayiqmagan. Oxirigaça özi maşina haydaşni yaxşi körardi. Tezlikni sevardi. Kenglikni sevardi. Mana, nima uçun barça qirollik qarorgohlari içida Yelizaveta yoşligidan Balmoral — kengliklar içra kilometrlab yöl bossa-da, birorta paparatssi kamerasining nişoniga töğri kelmaydigan joyni yaxşi körar edi. Butalar ortida uni poylab turgan tansoqçilarini unutib, tabiat bilan qorişib ketiladigan joyni. Jonini ham şu yerda Yaratganga topşirganida ham qandaydir ramz bor emasmi?

Qiroliça Yelizaveta II öz avtomobili rulida. Angliya. Vindzor. 2021 yilning 2 iyuli. Foto: Max Mumby/Indigo/Getty Images

2020 yilning bahorida lokdaun e’lon qilinişidan oldin qilgan çiqişida u Filipp ikkilarining sevimli şlyageri, uruş davridagi yoşlarning gimni We’ll meet again’dan iqtibos keltirgani esga tuşadi. «Biz yana uçraşamiz». Uni taniqli Vera Linn ijro etgan. Öşanda ularning barçasi hayot edi: Filipp ham, Vera ham, vraçlarga yordam uçun 12 million funt yiğgan yuz yoşli veteran ham. Yelizaveta uni Vindzor qasrida ritsarlar safiga qabul qiladi. Ikki yil içida heç kim qolmadi. We’ll meet again sözlari esa yangi qayğuli ma’no kasb etdi.

Albatta, ularning barçasi u yerda uçraşişadi. Uning sevimli eri ham, ança avvalroq ketgan tengdoşlari ham, ular birgalikda avval oltin, keyin brilliant töylarini nişonlagan juftliklar ham. Qiroliçasiz öz hayotini tasavvur qila olmaydiganlar ham.

Aslida ortda qolgan bizlar, buni unçalik anglay olmaymiz. Göyoki ortimizda yuk kötarib turgan devor qulab, Bukinghem saroyi tomi ostida sağirona böş ştandart manzarasini, kökimtir bulutlarga tölgan baland kuz osmonini ham oçib bergandek. Qiroliça endi bu yerda yaşamaydi.