Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Xarkivdagi mag‘lubiyatdan keyin tinchlik muzokaralarini tiklashga urinmoqda – Ukraina rasmiysi
Oxirgi haftada Ukraina armiyasining keskin hujumlari natijasida Rossiya qo‘shinlari Xarkiv oblastini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, ular Xerson oblastidagi pozitsiyalarini ham boy bermoqda.
So‘nggi kunlarda rossiyalik siyosatchilar ukrainalik hamkasblari bilan bir necha marta aloqaga chiqdi va tinchlik muzokaralarini qaytadan boshlashga chaqirdi. Bu haqda Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishina aytdi.
«Rossiyalik shaxslarning turli rasmiy guruhlari tomonidan muzokaralarni tiklash uchun ochiq va parda ortidan urinishlar bo‘ldi. Ammo Rossiya bizning hududimizda amalga oshirgan va har oyda amalga oshirishda davom etayotgan jinoyatlarning og‘irligini hisobga olganda, muzokaralar richagi fevraldagidan farq qiladi», — dedi u.
Stefanishina Ukraina «eng og‘ir ssenariy»ga tayyorlangani, ammo dosh berganini ta’kidladi. U shuningdek, Donbass va Qrim Ukraina nazorati ostiga o‘tishiga umid bildirdi.
Avvalroq Reuters agentligi Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin ozgina vaqt o‘tib prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak prezident Vladimir Putinga Kiyev bilan NATOga kirmaslik to‘g‘risida kelishuvga erishgani va urushni davom ettirishga hojat yo‘qligini aytgani to‘g‘risida yozgandi. Agentlikning qayd etishicha, Putin so‘nggi damda qo‘shimcha yon berishlarni talab qilgan, natijada kelishuv barbod bo‘lgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni rad etdi.
«Buning voqelikka hech qanday aloqasi yo‘q. Bunday voqea aslo bo‘lmagan», - dedi u.
Oxirgi haftada Ukraina armiyasining keskin hujumlari natijasida Rossiya qo‘shinlari Xarkiv oblastini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, ular Xerson oblastidagi pozitsiyalarini ham boy bermoqda. Ukraina qo‘shinlari 6 ming kvadrat kilometr hududda joylashgan bir necha yuz aholi maskanlarini o‘z nazoratiga qaytarib oldi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar mart boshlarida to‘xtatilgandi.
4 sentabr kuni Dmitriy Peskov Moskva Kiyev bilan muzokaralarga tayyorligini, lekin gap faqat Rossiyaning urush boshidan beri o‘zgarmay kelayotgan talablari bajarilishi haqida borishini aytdi.
Mavzuga oid
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026