Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi banklardan yana biri hakerlar hujumiga uchradi
Ijtimoiy tarmoqlarda InfinBank’da hakerlik yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘g‘irlash holatlari yuz bergani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bank ma’muriyati mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
“Joriy yilning 3-5 sentabr kunlari bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar xorijda joylashgan fiktiv merchant xizmatlaridan InfinBank’da o‘zlarining jinoiy sheriklari nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga valuta mablag‘larini o‘tkazishga va shu kunlarning o‘zida bankomat tizimlarida naqdlashtirish, boshqa banklarning mobil ilovalari, Humo va Uzcard tizimida ochilgan kartalar vositasida o‘zlashtirishga uringan.
Hozirda jinoiy guruh a’zolari aniqlangan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy ishlatilgan va o‘zlashtirilgan mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda ko‘rsatilgan summalar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Surishtiruv, tergov va undiruv harakatlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va axborotlar beriladi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Davr bankdan 15 mlrd so‘m pul o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
09:05 / 18.10.2025
Markaziy bank 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
16:38 / 26.09.2025
Milliy investitsiya jamg‘armasining portfeli qayta ko‘rib chiqildi
19:11 / 19.09.2025