2022 yil 7 iyul kuni 1976 yilda tuğilgan S.Ş. öz jinoiy şeriklari bilan özaro til biriktirib, poytaxtning “Davr bank” XATB tizimiga ruxsatsiz kiriş orqali 15 milliard söm miqdordagi pullarni özining jinoiy şerigi 2000 yilda tuğilgan N.Ş.ning nomiga oçilgan plastik kartalarga ötkazgan.
Toşkent şahar IIBB xabariga köra, şundan söng N.Ş. uşbu pullarning 11 453 244 343 söm miqdorini noqonuniy özlaştirgan. Yeçib olingan pullar jinoiy guruh a’zolari örtasida taqsimlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Juda köp miqdorda öğrilik”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqaro gumonlanuvçi sifatida jalb qilinib, ularga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi tanlangan.
Şuningdek ikki nafar gumonlanuvçilar, 1986 yilda tuğilgan S.U. hamda 1988 yilda tuğilgan E.A.ni uşlaş çoralari körilmoqda.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi IIBB xabarida.












