Bolalar iste’mol qiladigan mahsulotlarni xarid qila turib, nafaqat mahsulot tarkibi va yaroqlilik muddatiga, balki uning qadoğiga ham e’tibor bering. Qulay qadoqdagi mahsulot, ota-ona hayotini biroz bölsa-da osonlaştiradi va ularni xotirjam qiladi. Qadoqning butunligi va germetikligini tekşirib, iste’mol qiliş mumkin bölmagan mahsulotning xarid qilinişini oldini olgan bölasiz.
Dökon tokçalarida, bolalar iste’moli mahsulotlari turli xil qadoqlarda uçraydi. Bir martalik tamaddi uçun an’anaviy şişa bankaçalar, tetropak qutiçalar, plastik stakançalar va butilkalar, yumşoq pauç-qadoqlar — har bir qadoq turining öziga xos xususiyatlari, afzalliklari va kamçiliklari mavjud. Keling, qadoq işlab çiqarilgan material, qanday qilib siz xarid qilayotgan mahsulotning xususiyatlariga ta’sir qilişini aniqlab olaylik.
1.Şişa
Bolalar iste’moli mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar, odatda, şişa bankaçalarga — mevali, sabzavotli, göştli pyurelarni, şuningdek, quyuqligi darajasiga köra paştetlarga öxşaş barça mahsulotlarni qadoqlaşadi. Şişa qadoqdagi mahsulotni qaynoq suvda yoki maxsus qizdiruvçida isitiş qulay. Şişa qadoqning afzalliklari — materialning ekologik tozaligi va xavfsizligi. Şişa kimyoviy jihatdan neytral bölib, bankaça içidagilar bilan reaksiyaga kirişmaydi, uni qayta işlaş oson. Saqlaş şaroitlarga tavsiyalarga rioya qilinsa (mahsulot muzlamasa va töğridan-töğri quyoş nurlariga duçor bölmasa, qopqoq şikastlanişi yoki qayrilişiga yöl qöyilmasa), u mahsulotning butun yaroqlilik muddati davomida uning foydali xususiyatlarini yöqotmasdan saqlanişini ta’minlaydi. Şişa bankaçalar uyda, ya’ni qölingiz ostida qoşiq va taomni isitiş uçun qurilmalar bölgan vaqtda, bolani ovqatlantiriş uçun qulay. Şişaning kamçiliklari — uning nozikligida: dunyoda şunday bankaçani sindirib qöymagan bitta ham ota-ona topilmasa kerak.
Şişa qadoqni qanday tekşiriş mumkin?
Notöğri taşiş yoki saqlaşda işonçli şişa qadoqda ham nuqsonlar paydo böladi. Zarba, tebraniş yoki harorat özgarişlari natijasida qopqoq şikastlanişi va bankaça germetikligini yöqotişi mumkin. Saqlaş tavsiyalarga rioya qilmaslik yoki yaroqlilik muddatining ötib ketişi qopqoqning börtib çiqişiga olib keladi. Darz ketgan, singan joylari bor, qopqoği şişib çiqqan yoki bukilgan bankaçalarni xarid qilmang. Bundan taşqari, albatta, qopqoqni oçişdagi ovozga e’tibor qarating — siz yengil, ammo aniq qarsak tovuşni eşitişingiz lozim. Bu içidagilarni bolaga beriş mumkinligining kafolatidir. Qarsak tovuşni eşitmadingizmi? Bunday taomni bolaga berib bölmaydi.
2. Karton
Karton qutiçalarga, odatda, suyuq konsistensiyadagi mahsulotlarni quyişadi — şarbat va nektarlar, sut, sut kokteyllari, kompotlar, morslar. Şuningdek, ularga sabzavotli va mevali şörva-pyurelarni, bötqalarni ham qadoqlaşadi. Qutiça kartondan qilingan deb atalsa ham, u aslida turli materiallardan qilingan bir neça qatlamdan iborat — kartondan taşqari unda yupqa polietilen plyonka va alyuminiy folgasi mavjud. Bunday "qatlamli pirog" taşqi muhitdan samarali himoya vazifasini ötaydi. Germetik qadoq barça vitamin va foydali mikroelementlarni saqlab qoladi va şaffof şişadan farqli ravişda quyoş nurlarini ötkazmaydi. Qutiçalarni saqlaş qulayroq, ular zarbalarga çidamli va şişa qadoqlardan köra yengilroq. Biroq, kompozit materiallarni qayta işlaş şişadan köra qiyinroq.
Karton qutiçalarni qanday tekşiriş mumkin?
Köpinça, qutiçalar plastik truboçka va uning uçun folga bilan yopilgan teşikça — yoki, içida folga bilan qoplangan qopqoq bilan jihozlangan. Ba’zan, insofsiz xaridorlar dökonda mazkur qoplamani oçişadi yoki u taşiş vaqtida yirtiladi. Albatta, folga joyida ekanini, çetidan oçilmaganini yoki yirtilmaganini tekşiring. Agar qutiça aylanib kiruvçi qopqoqqa ega bölsa, qopqoq qadoqqa mahkam yopişganini va undan ajralmaganini, qopqoq ostidagi barça "qulfçalar" butunligini tekşiring. Qutiçada darz ketgan joylar, öyiqlar, şişib çiqişlar bölmasligi lozim.

3. Plastik
Plastik konteyner va butilkalarda, odatda, bolalar sut va sut mahsulotlari — bötqalar, biotvorog, yogurt yoki qatiqqa öxşagan içimliklar sotiladi. Odatda, ularni maxsus folgalangan qoplama bilan yopişadi. Bunday bankaçalar juda yengil bölib, tuşib ketganda sinmaydi — bu ularning asosiy afzalligi. Ammo, qadoq zarbalanganda, plastik deformatsiyalanişi, folga-qopqoq esa — yirtilişi mumkin, öşanda içiga taşqi muhitdan patogen mikroorganizmlar tuşişi mumkin.
Zavodda mahsulotga patogen mikroorganizmlarning tuşişining imkoni yöq: çunki işlab çiqariş jarayonida barça jarayonlar töliq yopiq va avtomatlaştirilgan, tayyor mahsulot esa qattiq tekşiruvdan ötadi.
"Xarid vaqtida, siz foydali, mazali va xavfsiz mahsulotni sotib olayotganligingizga işonç hosil qiliş uçun, bolalar iste’mol mahsuloti qadoğining butunligini tekşiriş juda muhim", — deya izoh bermoqda AJ "PROGReSS" ("FrutoNyanya" brendining) sifat böyiça direktori Olga Krasnikova.
Plastik qadoqni qanday tekşiriş mumkin?
Taşqi tekşiruv vaqtida plastik stakança va butilkaçalar butun bölişi, öyiqlari bölmasligi lozim. Qopqoqqa e’tibor qarating — u qadoqqa mahkam birlaşgan va heç qayeri yirtilmagan bölişi lozim.
4. Pyure uçun pauç-paketlar
Pauçlar — qadoqning nisbatan yangi turi bölsa-da, köpçilik ota-onalar uning şubhasiz qulayligiga baho berişdi. Bu xaltaçaga öxşagan, yumşoq, ammo ziç plastikdan qilingan, aylanib kiritiladigan plastik qopqoqqa ega qadoqdir. Bunday qadoqlarga pyure va pyuresimon desertlarni — bolaga yölda beriş mumkin bölgan, u öz qöli bilan uşlab olib, mustaqil ravişda ovqatni undan siqib çiqara oladigan taomlarni joylaşadi. Pauç qadoqda uçi maxsus bölganligi tufayli, ota-onalar atrofdagi narsalarni ifloslanişidan qörqmasliklari mumkin. Bunday qadoqlarni, ayniqsa, özingiz bilan sayrga olib çiqiş qulay — ular yengil, ixçam, sinmaydi va ezilmaydi.
Pauç-paketlarni qanday tekşiriş mumkin?
Bu holda ham yana qadoqning butunligiga e’tibor qarating — pauçlarni yirtiş yoki buziş juda qiyin, ammo bu ba’zan sodir böladi. Xavfli qismi — qopqoqçasi: oçiş vaqtida, siz, qadoqning germetikligini bildiruvçi öziga xos qarsak tovuşni eşitişingiz lozim.
5. Quruq mahsulotlar uçun paketlar
Yumşoq plastik qadoqlar quruq mahsulotlarni — suv yoki sut bilan aralaştiriş yoki qaynatiş kerak bölgan bötqalarni, şuningdek, turli xil sneklarni (masalan, marmeladga öxşagan meva bölakçalari) qadoqlaş uçun ham işlatiladi. Bunday qadoqlar mustahkam ZIP-qulf bilan ta’minlangan — u paketni germetik tarzda yopadi, mahsulotni sof holda saqlaydi va uni namlik kirişidan asraydi. Hatto bola yopiq qadoqni qölga olganida va u bilan öynaşni istaganida ham içidagilari tökilib ketmaydi.
ZIP-qulfli qadoqlarni qanday tekşiriş mumkin?
Dökonda qulfning germetikligini tekşiring — u butun va yirtilmagan bölişi lozim. Qadoqning özini ham tekşiring: bukilgan, darz ketgan joylar, tirqişlarning borligi — bu qadoqni tokçada qoldiriş uçun asosdir. Dökon xodimini çaqiring, unga buzilgan mahsulotni körsating va boşqa xaridorlar uni olib ketmasligi uçun tokçadan olib taşlaşini ayting.







