Toşkentda yöl harakati qoidabuzarliklarini qayd etiş uçun yangi kameralar sinovdan ötkazilayotgani haqida xabar bergandik. Yangi kameralar yöl çiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oşiriş, uyali telefondan foydalaniş, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik bilan boğliq qoidabuzarliklarni qayd etib boradi.

Yöl çiziqlari bilan boğliq qoidabuzarliklarni qayd etiş va jarima yoziş uçun kamerada uşbu çiziqlar körinişi kerak. Ammo afsuski yöllarimizda bu masala risoladagidek deb bölmaydi. Hatto poytaxt köçalarining aksariyatida yöl çiziqlari körinmaydi, yangilanganlari ham uzoqqa bormaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi çorrahalarga örnatilgan ayrim kameralar qoidabuzarlikni qayd etişi uçun faqatgina kamera köra oladigan masofada yöl çiziqlari çizib çiqilgani, yölning qolgan qismidagi öçib ketgan çiziqlar yangilanganmagani aks etgan suratlar tarqaldi.
Şunday holatlardan biri Çilonzor tumanida Kiçik halqa yöli va Taxtapul köçasi kesişmasida aniqlandi. Tasvirlardan köriş mumkinki, yöl çiziqlari faqatgina kamera köra oladigan masofada çizib çiqilgan. Yölning qolgan qismidagi yöl çiziqlari deyarli körinmaydi, ya’ni eski holatida qolgan. Qarama-qarşi yönalişda esa yöl çiziqlari umuman körinmaydi.

Çorrahadagi çiziqlarni körib ular kameralarning qoidabuzarliklarni qayd etişi uçungina çizilgan degan xulosaga keliş mumkin.
Xuddi şunday holatni poytaxtning Olmazor tumani Şifokor köçasida ham uçratdik. Aslida uşbu jarayon aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bölgandi. Çunki bu yerda ham yöl çiziqlari xuddi Çilonzordagi kabi faqatgina kamera köra oladigan masofada çizib qöyilgan. Qolgan qismidagi çiziqlar esa öçib ketgan.
















