Yiğilişda yöl harakati vositalari sohasidagi işlarni moliyalaştiriş uçun YHXB tizimida “Xavfsiz yöl va xavfsiz piyoda” respublika va viloyat jamğarmalari taşkil etilişi ma’lum qilindi. Jamğarmalar har yili kamida 400 milliard söm tuşadigan aniq manbalarga ega böladi. Şuningdek, bunga mahalliy budjetlardan ham mablağ ajratiladi.
Davlat rahbari misol tariqasida Farğona viloyati tajribasini körsatib ötdi. Viloyat budjetidan 24 milliard söm ajratilib, 125 kilometr yöllarga yoritkiç va nur qaytaruvçi vositalar, 24 ta piyoda yölaklariga svetofor, 107 tasiga “sun’iy döngliklar” örnatilgan. Natijada, viloyatda umumiy avariyalar 31 foizga, ölim bilan boğliq holatlar 21 foizga, piyodalar iştirokidagi hodisalar 37 foizga kamaygan.
Viloyat, tuman va şahar hokimlariga içki işlar boşliqlari bilan birga muammoli joylar, “avariya öçoqlari”dan kelib çiqib, ularni bartaraf etiş böyiça oylik va çoraklik manzilli dasturlarni işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Bundan taşqari, yöl belgilarini işlab çiqişda “Avtoyöl”ning monopoliyasi bekor qilinadi va uşbu sohaga tadbirkorlik sub’yektlari jalb etiladi.
















